415 unsurdan: tuproq, suv. havo, olovdan iborat. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, olam
qarama-qarshi kuchlar, xususan, yaxshilik va yomonlik, nur va zulmat orasidagi
kurashga asoslangan. Bu kurashni hech qachon murosaga keltirib bo’lmaydi, bu
kurash butun koinotni qamrab olgan. Yaxshilik, yorug’lik Axura Mazda,
yomonlik, zulmat esa Axriman xudolari timsolida namoyon bo’ladi. Butun olamni,
undagi barcha narsalarni, shu jumladan odamni ham eng oliy Xudo, ezgulik xudosi
Axura Mazda yaratgan emish. U yaratgan, yer yuzida paydo bo’lgan birinchi
Odam Ato Iyim, deb nomlangan ekan.
Axura Mazdaning ko’rsatmasiga muvofiq, Iyim yer yuziga turli jonli
mavjudotlar, xususan, odamlar, hayvonlar, qushlar urug’ini sochibdi, ularni
parvarish qilibdi. Shu asnoda, Iyim yer yuzida 900 yil yashabdi. Odam bolasining
soni ko’payib, yer yuzi unga torlik qila boshlabdi. Ana shunda Iyim xudoga
murojaat qilib, yerni kengaytirishni so’rabdi va bunga erishibdi ham. Bir kuni
Axura Mazda yer yuzini muzlik bosib kelayotgani haqida Iyimni ogohlantiribdi.
Iyim yer yuzida mavjud tirik mavjudotlarni saqlab qolish uchun maxsus uy qurib,
barcha tirik mavjudotlarning eng yaxshi zotlari, eng zo’r navlaridan bir juftdan
saqlab qolibdi.
Zardushtiylik ta’limotida inson faoliyatini boshqarib turadigan eng katta
kuch-axloq normalari ekanligi haqidagi g’oya ilgari surilgan. Shuning uchun
Zardusht Oliy ibtido – Axura Mazdadan insonning kundalik amaliy faoliyatini
boshqaruvchi qonun-qoidalarni aniqlab berishni so’ragan. Ana shunda Axura
Mazda butun olam borlig’i ikki boshlang’ich asos – ezgulik va yovuzlik atrofida
mujassam ekanligini xabar qiladi. Bunda ezgulik musaffo, beg’ubor osmonga,
yovuzlik esa jahannamga qiyos qilinadi. Odamlar Axura Mazda tomonidan
yuborilgan axloqiy normalar, tartiblarga amal qilsalar, yaxshilikning yomonlik
ustidan g’alabasi ta’minlanadi. Yaxshilik bilan yomonlik orasidagi kurashda hal
qiluvchi rolni – inson, uning iymon-e’tiqodi o’ynaydi, deyiladi zardushtiylik
ta’limotida. Zardushtiylikda ta’kidlanadiki, inson iymon-e’tiqodining uchta yirik
tayanchi mavjud: fikrlar sofligi, so’zdagi sobitlik hamda faoliyatining