412 Ijtimoiy taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida insonning bunyodkorlik
faoliyati respublikamizda demokratiyani rivojlantirish va ijtimoiy adolatni qaror
toptirishda kuchliroq namoyon bo’lmoqdada. Biz hozir shunchaki demokratik
jamiyat emas, balki demokratik odil jamiyat qurmoqdamiz. O’zbek xalqi demokratik
odil jamiyat haqida juda qadimiy an’analarga ega. O’z davlati tizimini «Kuch —
adolatdadir» shiori ostida — tuzgan Amir Temur tarixi bunga yorqin misoldir.
Mehnatkashlar
ommasining
yaratuvchilik,
bunyodkorlik
faoliyati
mustaqilligimizning siyosiy negizlarini mustahkamlashda, xususan, davlatni
boshqarishda ham ko’zga yaqqol tashlanmoqda. Bizda xalqimizning mehnati va
jasorati bilan tuzilgan huquqiy demokratik davlat xalqning o’zi tomonidan
boshqarilmoqda. Shunday qilinmasa, siyosiy mustaqillikni ta’minlab bo’lmaydi.
Keng mehnatkashlar ommasining faol ijtimoiy-siyosiy faoliyati, o’z-o’zini
boshqarishning to’xtovsiz avj olib borishi respublika hayotining hamma sohalarida o’z
ifodasini topmoqda. Buni, birinchi navbatda, jamiyat hayotining asosi bo’lgan
moddiy boyliklar yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, oziq-ovqat muammolarini
hal etish, turli korxonalar, uyushmalar, birjalar, jamg’armalarning tashkil etilishi va
boshqa sohalarda ko’rish mumkin.
Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi mehnatkashlar ommasining
xo’jasizlikka, to’rachilikka, huquq-tartibotni buzuvchilarga, ko’zbo’yamachilikka va
uyushgan jinoyatchilikka, poraxo’rlikka, tanish-bilishchilik oshna-og’aynigarchilik
asosida ish bitkazuvchilarga, xullas, ijtimoiy adolat tamoyillariga tubdan zid
bo’lgan harakat va intilishlarning har qanday turlari va ko’rinishlariga qarshi kurashni
avj oldirib yuborganligi bilan xarakterlanadi.
Jamiyatning o’z-o’zini boshqarish darajasi kishilar ongining o’sishi, tafakkur
madaniyatining yetukligi bilan uzviy bog’liqdir. Ma’lumki, odamlar demokratiya
va oshkoralikdan oqilona foydalanishga ham g’oyaviy, ham ma’naviy jihatdan
tayyor bo’lsalargina jamiyatimiz oldida turgan vazifalarni hal qilishga yordam
beradilar. Buning uchun yuksak madaniyat va ma’naviyat, uzoqni ko’ra bilish va
donolik, g’oyaviy, madaniy yetuklik va poklik yangicha fikrlash imkoniyatlaridan