Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə380/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   466
TATU Falsafa

425
 
Shaxs tushunchasida mazkur insonning barcha ijtimoiy vazifalari, barcha 
munosabatlari ifodalanadi. Inson amaliy faoliyat jarayonida shaxs sifatida 
shakllanib boradi. Shaxs ijtimoiy ahamiyatli xislat va fazilatlarni o’zida 
mujassamlashtirgan inson. Shaxsning xislatlari uning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va 
ma’naviy hayotidagi ishtirokida namoyon bo’ladi. Shaxsning xislatlari deganda: a) 
jismoniy; b) ma’naviy; v) ijtimoiy xislatlar nazarda tutiladi. 
Shaxsning jismoniy xislat-fazilatlari deganda uning jismi, gavda tuzilishi
kiyinishi, uy-oilasi, u tomonidan yaratilgan jami narsalar o’zini muhofaza qila 
olishi, o’zi va boshqalar haqida qayg’urishi nazarda tutiladi. 
Shaxsga xos ijtimoiy xislatlar boshqa kishilar bilan bo’ladigan o’zaro aloqa 
va munosabatlarda shakllanadi. Shaxsning turli ijtimoiy birliklar-guruhlardagi 
rollari turlicha bo’ladi. Masalan «ona», «farzand», «qo’shni», «do’st», «xaridor». 
Shaxsning ma’naviyati, uning ichki olami, ruhiyati, «men»ligi ifodasi 
sifatida namoyon bo’ladi. Shaxs mohiyatini ifodalovchi bu tomonlar yaxlitlikda 
namoyon bo’ladi va insonning «men» ini ifodalaydi. 
Shaxsning shakllanishi jamiyatda to’plangan tajribalarni, qadriyatlarni 
o’zlashtirish jarayonidir. Shaxsning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan omillarni 
ikki guruhga bo’lish mumkin: 
a) insonning o’ziga xos biologik xususiyatlari 
b) ijtimoiy muhit 
Ijtimoiy muhit deganda inson hayoti kechadigan jamiyatdagi iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy, informatsion ma’naviy shart-sharoitlar nazarda tutiladi. Ijtimoiy 
muhit - bu jamiyat, oila, mehnat va o’quv jamoalari, qo’ni-qo’shni, do’st-birodarlar 
nazarda tutiladi. 
Ijtimoiy muhitning muhim tomonini jamiyatdagi mavjud siyosiy tizim 
tashkil etadi. Jamiyat siyosiy tizimi shaxs qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga 
imkoniyat yaratishi mumkin. 
Shunday qilib, odam – tabiatdagi oliy biologik tur. Bu tur uzoq taraqqiyot 
jarayonida insonga aylanadi. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin