436 huquq tizimini yanada liberallashtirish; uchinchidan, ommaviy axborot vositalarini
rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo’yicha aniq va izchil
choralarni amalga oshirish; to’rtinchidan, davlatimiz tashqi siyosati ma’no-
mazmuni va maqsadi O’zbekiston manfaati bilangina belgilanishi; beshinchidan,
bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish.
Mazkur vazifalarni o’z vaqtida mustaqil taraqqiyotimizning har bir
bosqichida amalga oshirib borilishi natijasida bugun huquqiy demokratik davlat,
kuchli fuqarolik jamiyati asoslari, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk
ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyot poydevori mustahkamlandi, xalq osoyishta va
farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratildi, xalqaro maydonda
O’zbekistonning nufuzi ortib bormoqda.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli islohotlar
natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz
suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va
osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini kuchaytirish,
qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro’yobga
chiqarish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan, eski boshqaruv
tizimidan mutlaqo voz kechib, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich
o’tilgani, pul-kredit siyosati puxta o’ylab olib borilgani, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik, fermerlik harakati uchun yo’l ochib berilgani makroiqtisodiy
barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash,
inflyatsiyani prognoz ko’rsatkichlari darajasida saqlab qolish, eng muhimi,
xalqimizning hayot sifati darajasini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan
ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”
1
olti
1
Karimov I.A.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi -T.:“O’zbekiston”, 2010.