Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə390/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   466
TATU Falsafa

438
 
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish ko’zda tutilgan. Birinchi yo’nalishni 
amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish
qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida 
siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish, 
eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini 
kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning o’zaro foydali hamkorligining 
zamonaviy shakllarini, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo’yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 
Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va 
dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini 
takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini 
yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini 
kuchaytirish nazarda tutilib, bu borada keng ko’lamdagi ishlar amalga 
oshirilmoqda


2
.
 
Davlat dasturining ikkinchi yo’nalishi qonun ustuvorligini va sudning 
chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Sud 
hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, yurtdoshlarimiz tomonidan odil 
sudlovga erishish darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va 
huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud jarayonida 
tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar sifatini 
tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini 
yanada isloh qilishga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadi ko’zlangan.
Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak 
bo’lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, 
sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-

1
Bu haqda qarang:


 
G’affarova G.G’. Harakatlar strategiyasi muloqotning yangi mexanizmi 
sifatida // Rivojlanishning «o’zbek modeli» tizimida fan, ta’lim va ishlab chiqarish 
integratsiyasining imkoniyat va istiqbollari.-Respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari.-
Toshkent, 2017.-B.102-105.





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin