446 insoniyat turmushining tub shartidir.
Yadro urushida g’olib bo’lmagani kabi qurollanish poygasida ham yutib
chiqish mumkin emas. yer yuzidagi bunday poygani davom ettirish, ayniqsa, uni
kosmosga ham yoyish yadro qurolini takomillashtirish suratini yana ham
tezlashtiradi. yer yuzidagi vaziyat bundan keyin siyosatchilarga bog’liq bo’lmay
qolishi mumkin, u tasodifning «quli» bo’lib qoladi.
Modomiki,
yadroviy
urushning
oldini
olish,
tinchlikni
saqlash
umuminsoniyatning oldida turgan dolzarb vazifa ekan, unga erishish uchun
jahondagi hamma kuchlar, harakatlar birlashtirilishi lozim. Insoniyatning o’z-
o’zini saqlab qolishi, uning bugun, ertaga, hamisha baxt-saodatli bo’lishi uchun
uning kuch-g’ayratlarini birlashtirishga ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda.
Bundan biz bir-birimizga bog’liq ekanligimizni, dunyoning yaxlitligini yaqqolroq
ko’ryapmiz. So’nggi davrlarda Chernobil, Yaponiya atom stantsiyalarida yuz
bergan avariyalar, atom qurollarini sinovdan o’tkazuvchi harbiy tomonlarining
atrof-muhitga, aholiga ko’rsatilayotgan salbiy ta’siri, radioaktiv chiqindilarni
saqlash va shu kabi muammolar turli mamlakatlarda yashovchi kishilarning
taqdiriga daxldor ekanligidan yaqqol dalolat beradi.
Keltirib o’tilgan dalillar urush va tinchlik muammosi hozirgi zamonning har
qanday umumbashariy muammosini ijobiy va oqilona yechishning zarur sharti va
asosi ekanligini ochiq-oydin ko’rsatib turibdi. Shuni e’tiborga olgan holda hozirgi
kunda mintaqada barqarorlik va milliy xavfsizlik kafolatlarining shart-sharoitlarini
aniqlash va ta’minlash g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbarlari e’tirofiga ko’ra, biz davlatlarning tinch-totuv yashash,
xalqaro masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik, tahdid qilmaslik tamoyilini
tashqi siyosatimizga asos qilib olganmiz. O’zbekiston muddati 1995 yilda
uzaytirilishi lozim bo’lgan yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomani,
yadro qurolini yo’q qilib tashlash to’g’risidagi shartnomaga aylantirish
tarafdoridir. Shuningdek, biz xuddi kimyoviy qurollar bo’yicha qabul qilingan
shartnoma kabi biologik qurollarni ham ta’qiqlash to’g’risidagi shartnoma qabul