443 qabih usullardan foydalanadi. Bunda esa, milliy va diniy nizolarni keltirib
chiqarish asosiy maqsad hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida davlat-huquqiy,
etno-hududiy va etnodemografik zaminda 300 dan ortiq katta-kichik nizolar qayd
qilingani ham ushbu fikrning tasdig’i bo’la oladi
1
.
Bugungi globallashuv davrida millatlararo munosabatlarni oqilona amalga
oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda millatlararo totuvlikni
ta’minlash orqali tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlab borish g’oyasi davlatimiz
birinchi rahbarlarining doimiy diqqat markazida bo’lib kelgan. Prezident
Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
strategiyasining so’nggi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni
ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat
sohasi”da yurtimizda fuqarolarimiz xavfsizligi, milliy va diniy bag’rikenglikni
mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Zero, “Bag’rikenglik
tamoyillari deklaratsiyasi”da qayd etilganidek, “Bag’rikenglik bo’lmasa, tinchlik
bo’lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo’lmaydi”.
Bag’rikenglikning
ziddi
“mutaassiblik”dir.
Umumiy
ma’nola
“mutaassiblik”- bu bir g’oyaning to’g’riligiga qattiq ishonish va undan o’zgalarini
keskin rad etishni anglatadi. Mazkur fenomenning xavfli jihati shundaki, u borgan
sari kuchayib ksenofobiya, ekstremizm va hatto terrorizmga aylanadi
2
.
Butun dunyoda ekstremizm va terrorizm xavfi oshib borayotgan bugunni
kunda mamalak atimiz barqarorligini ta’minlash 130 dan ortiq millat vakillari
istiqomat qilayotga n O’zbekistonda millatlararo birdamlik va jipslikni ma’rifat va
ma’naviyat orqali saqlash taraqqiyot kafolati hisoblanadi.
Shu ma’noda Harakatlar strategiyasi, uning barcha yo’nalishlarida
1
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga
oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy–uslubiy risola.-T.: “Ma’naviyat”, 2017.-
210-bet.
2
O’sha joyda.-216-bet.