440 modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh
etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy
aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, turizm
tarmog’ini samarali rivojlantirish, qishloq xo’jaligida tarkibiy o’zgartirishlarni
amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish
ko’zda tutilgan.
Ushbu yo’nalishda ko’rsatilgan chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish uchun
milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga
solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish,
mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni
kengaytirish, eksportga mo’ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish
uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini,
tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy
jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga
solishning zamonaviy printsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko’p tarmoqli
fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal
rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek ushbu yo’nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish,
qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim
milliy korxonalarning aktsiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki
tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlarini ham o’z ichiga oladi.
2017 - 2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi
649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro’yobga
chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab
chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36
foizgacha, qayta ishlash tarmog’i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real
daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’liqni saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-