Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   466
TATU Falsafa

48
 
bor. Mazkur bo’limlarning har birida muayyan bir falsafiy g’oya ilgari surilgan. 
“Veda”
da borliq, fazo, vaqt, dunyoning paydo bo’lishi, inson hayotining 
tabiiy asoslari, tabiat va jamiyat o’rtasidagi aloqadorlik, ilohiy kuchlar haqida fikr 
yuritiladi. “Veda” kitobi yaxshi ishlarga targ’ib qilish, yomon ishlardan qaytarish, 
amallarning chegarasini aniq ko’rsatib qiziqtirish, yaxshi mukofot va yomon 
jazolarni bayon qiladi. “Veda” ning ko’p qismi turli duolar va olov uchun 
qilinadigan turli qurbonliklar ustidagi so’zlardan iboratdir. U qurbonlik turlari 
sanab bo’lmaydigan darajada ko’p va (qoidalari) qiyindir”
1

“Veda” kitobini tashkil etgan bo’limlarning eng qadimiysi Rigvedada 
hindlarning xudolari bo’lgan parilar to’g’risidagi afsonalar bilan bir qatorda 
dunyodagi har bir narsa va tabiiy ravishda paydo bo’lgan, degan g’oyalar bor. 
“Rigveda”dagi dunyo suvdan yaratilgan, degan fikr e’tiborga sazovordir. 
Qadimgi Hindiston dini va falsafasida suvning muqaddaslashtirilishi, uni 
dunyoni tashkil etgan unsurlardan biri ekanligi asoslangan. Bu haqda “Veda” va 
“Rigveda”da alohida e’tibor berilganligi bejiz emas, albatta. “Hindlar fikricha, - 
deyiladi Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asarida, - “yaratilgan narsalarning 
oldingisi suvdir: chunki ular “to’zonga aylangan hamma narsa suv bilan birikadi
hamma undagi narsa suv bilan unib chiqadi va hamma jon egasi suv bilan tirik 
turadi, suv san’at egasi, biron moddadan ma’lum bir narsa ishlatmoqchi 
bo’lganida unga suv vosita bo’ladi”
2

“Veda”da borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb hisoblangan suv, 
olov, havo, yorug’lik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo, vaqt haqidagi, shuningdek, 
olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimlarining manbalari va 
turlari, insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan. 
Unda ta’kidlanishicha, tana jonning qobig’i bo’lib, jon esa — dunyoviy ruhning bir 
bo’lagidir. “Veda”lar shu tariqa butun qadimiy Hind falsafasining keyingi 
taraqqiyoti uchun zamin bo’lib xizmat qilganligi va sharoit yaratib berganligi 

1
Abu Rayxon Beruniy. Tanlangan asarlar. II-Jild.- T.:Fan, 1965.-106-bet. 


2
Abu Rayxon Beruniy. Tanlangan asarlar. II-Jild.- T.:Fan,1965.-77-bet. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin