506
ifodalovchi tushuncha
Sinergetika — olamning o’z-o’zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa
va voqealarning azaliy ketma-ketligi, o’zaro aloqadorligi, ularning muayyan
tizimlardan iborat sababiy bog’lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga
asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir.
Sifat
— narsalarning ichki muayyanligi bo’lib, boshqa narsalardan ajratib
turadigan xossa, sifatining boshqa narsalar bilan aloqadorligida tashqi namoyon
bo’lishi.
Skeptitsizm
— olamni bilish mumkinligiga shubha bilan qaraydigan
ta’limot.
Solipsizm
— faqat inson va uning ongi mavjuddir degan g’oyani ilgari
suradigan oqim.
Sofistika — qadimgi Yunoniston falsafasida vujudga kelgan tafakkur usulidir.
Ko’pgina darslik va qo’llanmalarda bu ibora yunon tilidagi «sopism» so’zi asosida,
ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo’lgan tushunchalarni ishlatish orqali ker
aqli, ammo haqiqatga to’g’ri kelmaydigan, ko’chma ma’no-mazmunga erishish
usuli, deb ta’kidlanadi.
Sofistika
— soxta donolik usuli
Sofistlar
- maktabi yunon falsafasida katta o’ringa ega bo’lgan
yo’nalishlardan biridir.. Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va
gnoseologiya (bilish to’g’risidagi fan) muammolari bilan shug’ullangan. Sofistlar
yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni o’qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud
mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo’lib, haqiqat, osoyishtalik,
adolat o’rnatishga xizmat qilgan. ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum
darajada ta’sir ko’rsatgan.
Ss
Substantsiya — (
lotincha Substantia — mohiyat) — moddiy asos, mohiyat.
Substantsiya – muayyan narsalar, hodisalar, voqealar va jarayonlarning xilma-xil
ko’rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon bo’luvchi
|