Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «vlsi tizimini loyihalashtirish» fanidan amaliy mashg



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/68
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209951
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68
3.4. Nazorat savollari. 
1. O‘tkazuvchilar trasirovkasi nima? 
2. SPECCTRA tizimi nima uchun mo‘ljallangan? 
3. SPECCTRA tizimini qanday ishga tushirish kerak? 
4. O‘tkazuvchilarni trassirovka qilishda qanday xatolarga yo‘l qo‘yilishi 
mumkin? 
5. BP ishlab chiqarish uchun qanday ma’lumotlar kerak? 
6. Oxirgi fayli qanday kengaytma bilan BP topologiyasini saqlanadi? 
 
 


45 
Amaliy mashg‘ulot № 4. 
Intel ning Altera Quartus ALT asosida VLSI raqamli sxemalarini loyihalash 
bo‘yicha amaliyot. Quartusda loyiha sintezini boshqaruvi uchun 
qo‘llaniladigan tillar asosi va sxemalarni modellashtirish. 
 
Ishning maqsadi

1. Quartus muhitini o‘rganish
2. Verilog tilining asosiy tushunchalarini o‘rganish 
3. ModelSim-Altera modellashtirish muhitini o‘rganish 
4. Oddiy loyihani yaratish va uni modellashtirish
4.1. Nazariy qism 
 
Dasturlashtiriladigan mantiqiy integral sxema (DMIS, 
ing.
p
rogrammable 
l
ogic 
d
evice

PLD
) - raqamli integral mikrosxemalarni yaratish uchun 
qo‘llaniladigan 
elektron 
komponenta. 
DMIS 
funktsiyalari, 
an'anaviy 
mikrosxemalardan farqli o‘laroq, ishlab chiqarish vaqtida aniqlanmay, balki 
dasturlash (loyihalash) orqali belgilanadi. Raqamli qurilmaning kerakli tuzilishini 
qurish uchun dasturlavchi va sozlagich muhiti (
ing. Integrated development 
environment — IDE
) qo‘llaniladi. Natijada, uskunalarni tavsiflash uchun prinsipial 
elektr sxema yoki Verilog, AHDL(Altera HDL), VHDL va boshqa maxsus tillarda 
yozilgan dastur shakllantiriladi.
Hozirgi vaqtda dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalarini 
ko‘plab ishlab chiqaruvchilari mavjud va ularning har biri o‘z avtomatlashtirilgan 
loyihalash tizimi (ALT)ga ega, lekin tarixan birinchi DMIS li o‘ta katta integral 
sxema (O‘KIS-VLSI) va ALT (Quartus II) Altera tomonidan taklif qilingan. ALT 
Quartus II - bu ko‘p funktsiyali loyihalash muhiti hisoblanib, DMIS 
mikrosxemalari oilasi uchun tanlangan loyihani ishlab chiqish, tekshirish va 
dasturlash imkonini beradigan yordamchi dasturlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.


46 
Quartus II dasturiy ta’minotida ishlab chiqilgan mantiqiy sxema 
loyiha
deb 
ataladi. Loyiha 
ierarxik tuzilishga
ega bo‘lishi yoki ko‘plab fayl-modullardan 
iborat bo‘lishi mumkin, bunda asosiy modul bir nechta qo‘shimcha modullarni o‘z 
ichiga olib, har bir qo‘shimcha modul yana bir nechta faylni o‘z ichiga oladi. 
Bunday holda, asosiy modul 
ierarxiyaning yuqori darajali ob'ekti
deb ataladi. ALT 
Quartus II, ierarxik tuzilishdan tashqari, tanlangan mikrosxemaga tegishli barcha 
texnik ma’lumotlarni bitta katalogda saqlaydi (masalan: chiqishlar vazifasi, 
mantiqiy sxema trassirovkasining oldingi variantlari, loyiha konfiguratsiyasi va 
boshqalar). Bu fayllar bitta loyiha papkasida yaratilgan bo‘lib, bunda loyihalarni 
boshqa kataloglarga yoki boshqa kompyuterlarga nusxalash va o‘tkazish qulaydir. 
DMIS tugunlari orasidagi ulanishlarni fizik amalga oshirish uchun ishlab 
chiqaruvchilar bir marttalik dasturlashtiriladigan va qayta dasturlanadigan 
qurilmalardan foydalanadilar. 
Birinchi holda, FAMOS maydon tranzistorlari tok o‘tkazuvchilar sifatida 
ham antifuse primichkalari(uziladidan o‘tkazgichlar) sifatida ham foydalanilishi 
mumkin. 
FAMOS tranzistorlaridan foydalanganda, maydon tranzistorini o‘tkazgich 
holatiga ulangich vazifali moslama yaratiladi, bu dasturlash vaqtida impuls berish 
orqali amalga oshiriladi. Ultrabinafsha nurlanishni bunday tranzistorga ta’sirini 
o‘tkazdirib, uni asl holati, o‘tkazmaydigan holatiga qaytarishi mumkin. Biroq, 
bunday tuzilgan bir marttalik dasturlashtiriladigan qurilmalarida kristalga yorug‘lik 
kirib kelishidan himoyalangan oynali tehikdan iborat bo‘ladi. Bunda elektrda 
dasturlash faqat bir martta bo‘lishi mumkin, toki qayta ultrabinafsha nurlar tasirida 
ma’lumotlar uchirilmaguncha. 
Antifuse texnologiyasini amalga oshirayotganda, dasturlash chipning kerakli 
joylarida kerakli sxemani hosil qilish uchun maxsus peremichka moslamalarini 
eritish orqali amalga oshiradi. Bu peremichkani olib tashlash mumkin emas. 
Bunday DMIS larning afzalligi shundaki, ular etarlicha tez ishlaydi (yuqori 
chastotalarda ishlashi mumkin) va nurlanish tufayli nosozliklarga kamroq moyil. 


47 
Hozirgi vaqtda FLASH texnologiyasi yordamida ishlab chiqarilgan MNOS 
tipidagi ikki muravatli maydon tranzistorlar ham, ko‘p marta qayta dasturlanadigan 
o‘tkazgichli peremichka yaratish uchun qo‘llanilayapti.
Flash-based (asosidagi) kabi mikrosxemalarda konfiguratsiya ichki FLASH 
xotirasida yoki EEPROM xotirasida saqlanadi. Peremichka maydon tranzistorni 
o‘tkazuvchi holatga o‘tkazish orqali yaratiladi, bu dasturlash impulsini qo‘llash 
orqali amalga oshiriladi. Bu yondashuv ishlab chiqarilayotgan qurilmaning 
konfiguratsiyasini qayta -qayta o‘zgartirish, quvvat o‘chirilgan paytda saqlash 
imkonini beradi. Biroq, bu turdagi DMIS ham kamchiliklarga ega. FLASH 
xotirasini CMOS mikrosxemasida amalga oshirishda ikki xil texnik jarayonni 
birlashtirish talab qilinadi - bu mikrosxemalar ishlab chiqarish tan narxining 
oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, bunday mikrosxemalar, qoida tariqasida
konfiguratsiyani qayta yozish siklini cheklangan soniga ega. 
Konfiguratsiyani saqlash uchun, trigger xotirali (SRAM- based) bo‘lgan 
mikrosxemalarda oddiy maydonli transistor peremichka moslamasi vazifasini 
bajaradi, bunda uning boshqarish muruvati (zatvori) trigger bilan ulanadi. Chiqish 
signalining yuqori sathi tranzistorni o‘tkazuvchan holatha o‘tkazadi, past signal 
sathi esa uni berkitadi. Trigger konfiguratsiya dasturini yuklab olish paytida 
kerakli holatga o‘tadi va DMIS elektr manba manbai yoqiq bo‘lgan vaqtgacha 
holatini saqlaydi. Bunday tezkor dasturlashni cheksiz ko‘p marta bajarilish 
mumkin. Biroq, bu holda, manba yoqilganda, konfiguratsiyani qayta o‘qish 
jarayonini boshlash kerak, bu ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu bilan birga, platada 
yuklash moslamasi, maxsus FLASH mikrosxemasi yoki mikrokontroller bo‘lishi 
kerak - bularning barchasi mahsulot narxining oshishiga olib keladi.
Altera firmasi hujjatlarida mantiqiy bloklarni ifodalash uchun 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin