8.5. FPGA -da qurilmani yaratish algoritmini tayyorlash.
Ushbu bosqichda FPGA -da qurilma yaratish uchun algoritmini tayyorlash
talab qilindi. Vazifa algoritmni o‘zgarmas nuqtali sonlarda ifodalangan
ma’lumotlar va oqim arxitekturasi bilan ishlashga moslashtirishdan iborat.
Ma’lumotlar odatda freymlar yordamida qayta ishlanadigan mikroprotsessor
arxitekturasidan farqli o‘laroq, ma’lumotlar FPGA -da, qoida tariqasida, pikselma
piksel va o‘zgarmas nuqtali oqimda qabul qilinadi hamda qayta ishlanadi.
MATLAB -dagi funktsional tarmoq modeli asosida NT algoritmining
Simulink modeli yaratiladi, u pikselma piksel kirish tasviri bilan ishlaydi va FPGA
-larda apparatda yaratisga mos keladi (8.14 -rasm).
141
8.14-rasm. Simulink muhitida neyron tarmoqi algoritmining modeli.
Simulinkda neyron tarmoqning dastlabki 5 qatlami oxirgi 2 qatlamdan
tashqari amalga oshirilgan. Oxirgi qatlamning vazifasi "softmax" va oxirgi qatlam
"classification"
- bu ehtimolliklarning [0 ... 1] diapazonidagi normallashuviga olib kelish va
maksimal ehtimoli bo‘lgan sinfni belgilash, lekin bizning vazifamizda ehtimollik
normallashtirilgan qiymatini aniqlash muhim emas shu sabab hisob -kitoblarni
kamaytirish maqsadida, bu bloklar signalning maksimal miqdorini topishga
mo‘ljallangan bitta oddiy blok bilan almashtirildi;
- maksimal signalga ega bo‘lgan o‘tkazgichning nomeri - bu maksimal
ehtimolli bo‘lgan chiqish hisoblanadi.
Birinchi bosqichda olingan o‘rgatilgan tarmoq koeffitsientlari mat-faylda
saqlanadi va Simulink modelini ishga tushirish vaqtida yuklanadi. Algoritm
modelini o‘zgarmas nuqtali ko‘rinishga o‘tkazilga, kerakli ma’lumotlar xonaligi
ehtimollik qiymatining o‘zgarishi chegarasi bilan baholanadi. Ma’lumotlarning
bitlar xonasi, ehtimollik o‘zgarishi raqamning uchinchi raqamidan oshmasligi
sababli tanlangan, natijada ma’lumotlar uchun 16 bitli raqamlar tanlangan, shu
jumladan, ishora ushun bitta bit zaxiraga qilingan.
|