151
Uzatish funktsiyasi (
Transfer function
) - shu banddagi neyronlarning
uzatish funktsiyasi (faollashtirish funktsiyasi)ni tanlash.
• O‘rgatish funksiyasi (
Learning function
) – o‘rgatish
jarayonida
tarmoqning og‘irlikgi va siljitishi koeffitsientlarini yangilash uchun mas’ul
funksiya.
Ko‘rish (
View
) tugmasi yordamida siz yaratilgan tarmoq arxitekturasini
ko‘rishingiz mumkin (8.21-rasm). Shunday qilib, bizda barcha harakatlar to‘g‘ri
bajarilganligiga ishonch hosil qilish imkoniyati mavjud.
Rasmda qattiq cheklov
bilan uzatish funktsiyasini amalga oshiradigan chiqish blokiga ega perseptron
tarmog‘i ko‘rsatilgan. Qatlamdagi neyronlar soni bittaga teng bo‘lib, u qatlam
chiqishidagi ustun vektorining o‘lchami bilan ko‘rsatilgan
va uzatish funktsiyasi
blokining darhol ostidagi raqam bilan ko‘rsatiladi. Ko‘rib chiqilayotgan tarmoq
ikkita kirishga ega, chunki kirish ustuni vektorining o‘lchami ikkitaga teng.
8.21 – rasm. Yaratilgan tarmoqni oldindan ko‘rish.
Shunday qilib, tarmoq tuzilishi bizning vazifamizga mos keladi. Endi siz
Yopish (
Dostları ilə paylaş: