Kommutatsiya va marshrutizatsiya



Yüklə 435,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix07.01.2024
ölçüsü435,74 Kb.
#204759
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
aO7QxJf55qn8kEbO8czVm6ATVkev5gB03lzWTd3A

 
 
 
AA-R1 qurilmalari o`rtasida ARP so`rov 

мас 
S
мас
D
IP
S
IP
FFFF 
AAA 
192.168.1.1 
192.168.1.2 
AA-R1 qurilmalari o`rtasida ARP javob 

мас 
S
мас
D
IP
S
IP
AAA 
R1 
f 0/0
192.168.1.2 
192.168.1.1 
AA-R1 qurilmalari o`rtasida ICMP so`rov 

мас 
S
мас
D
IP
S
IP
R1 
f 0/0
AAA 
192.168.3.2 
192.168.1.2 
bu yerda:

мас
- Destination MAC – qabul qiluvchi qurilmaning 
MAC-adresi 
S
мас
– Source MAC – uzatuvhi qurilmaning MAC-addresi 
R1-R2 qurilmalari o`rtasida ARP so`rov 

мас 
S
мас
D
IP
S
IP
FFFF 
R1 
f/0/1
192.168.2.2 
192.168.2.1 
R1-R2 qurilmalari o`rtasida ARP javob 

мас 
S
мас
D
IP
S
IP
R1 
f/0/1
R2 
f/0/0
192.168.2.1 
192.168.2.2 
R1-R2 qurilmalari o`rtasida ICMP so`rov 

мас 
S
мас
D
IP
S
IP
R2 
f/0/0
R1 
f/0/1
192.168.3.2 
192.168.1.2 


13 
Topshiriq 
Har-bir talaba jurnaldagi raqami bo`yicha variantni tanlang va shu variant 
bo‘yicha ARP va ICMP protokollarini jadvalini tuzing. 
№1 
№2 
№3 
№4 
№5 
№6 
№7 
№8 
№9 
№10 
№11 
№12 


14 
№13 
№14 
№15 
№16 
№17 
№18 
№19 
№20 
 
Nazorat savollari 
1.
ARP protokoli tasnifi va vazifasini tushuntiring. 
2.
ARP jadvalining tuzilishini keltiring va uning vazifasini tushuntirib bering?
3.
ARP jadvalida qanday turdagi yozuv turlari mavjud? 
4.
ICMP protokoli tasnifi va vazifasini tushuntiring
5.
ICMP protokoli OSI modelining qaysi pog‗onasida ishlatiladi? 


15 
2-LABORATORIYA ISHI 
L2 KOMMUTATOR QURILMALARIDA MAC- MANZIL JADVALINING 
ISHLASH PRINSIPINI TADQIQ QILISH 
 
Ishdan maqsad: 
Ma‘lumot uzatish tarmoqlarida qo‗llaniluvchi kommutator 
qurilmalarining MAC-manzil jadvalining ishlash tamoyilini tadqiq qilish. 
TOPSHIRIQ 
1.
2.1 jadvalda keltirilgan topologiya bo`yicha kommutatorlarning MAC-
manzil jadvalini tuzing. 
2.
Har bir talaba CCNA 1.2.1.7 elektron kitobida keltirilgan interfaol topshiriq 
bo`yicha 5 tadan vazifani bajaring.
 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar 
MAC (Media Access Control) – fizik manzil bo‗lib, ma‘lumot uzatish 
tarmog‗i qurulmasi har bir tarmoq interfeysiga beriladigan noyob identifikatordan 
iborat (2.1-rasm). 
2.1-rasm. Tarmoq adapterining MAC manzili 
MAC-manzil IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) 
standarti bo‗yicha 4 qismdan iborat bo‗lib, umumiy uzunligi 48 bitdan tashkil 
topgan (2.2-rasm). Katta 24 ta bit IEEE tomonidan berilgan qurilma ishlab 


16 
chiqaruvchisining identifikatori hisoblanadi. Bunda faqat kichik 22 ta razryad (bit) 
hamda 2 ta katta bit maxsus vazifaga ega: 
-
birinchi bit, qaysi kadr – yakka (0), guruhli (1) manzil uchun kadr 
mo‗ljallanganligini bildiradi; 
-
ikkinchi bit MAC-manzil global (0) yoki lokal (1) boshqarilishini
ko‗rsatadi. 
2.2-rasm. MAC-manzil tuzilishi 
Qolgan 24 ta bit tarmoq qurilmasining har bir interfeysi uchun mustaqil 
ravishda ishlab chiqaruvchi tomonidan tanlanadi. 
Odatda, MAC-manzil «-» yoki «:» simvoli bilan ikkitadan guruhga 
ajratilgan 12 ta o‗n olti xonali raqamlar ko‗rinishida yoziladi. 
Misol: 
000100001111000100001110001000111010001011010000 
10-F1-0E-23-A2-D0 
10:F1:0E:23:A2:D0 
Kommutator OSI modelining MAC-manzilidan foydalanadigan ikkinchi 
(kanal) pog‗onasiga taalluqli bo‗lgan qurilma hisoblanadi.
MAC manzillari statik va dinamik turlariga bo‗linadi. Statik MAC manzillar 
tarmoq administratori tomonidan sozlanadi hamda ustuvor ahamiyatga ega va 
doimiydir (ularni dinamik MAC manzillari bilan almashtirib bo‗lmaydi). Ma‘lumot 
paketlarini uzatishda dinamik manzillar kommutator tomonidan yozib olinadi va 
ular cheklangan vaqt davomida amal qiladi. 


17 
MAC manzillar jadvali - har bir kommutatorda tarmoq qurilmasining MAC 
manzili va ushbu qurilmaga kirishda foydalanish mumkin bo‗lgan port raqami 
o‗rtasidagi yozishmalar mavjud bo‗lgan jadval hisoblanadi. Odatda, ushbu jadval 
kommutator uzatiladigan kadrlarda yuboruvchi stansiyalar manzillarini taxlil 
qilganda, avtomatik yoki tarmoq boshqaruvchisi tomonidan to‗ldiriladi. 
MAC manzillar jadvali ba‘zan Assotsiativ xotira (SAM) jadvali deb 
nomlanadi. Assotsiativ xotira jadvali tushunchasi nisbatan tez-tez ishlatiladi, ammo 
bu laboratoriyada biz uni MAC manzillar jadvali deb nomlaymiz. MAC manzillar 
jadvali uchun ikkita operatsiya aniqlanadi:
1. MAC manzilini qabul qilish;
2. MAC manzillar jadvaliga muvofiq ma‘lumotlar paketini yuborish yoki 
filtrlash
Kommutator kadr uzatishda uchta tayanch mexanizmidan foydalanadi: 
1. 
Flooding
— kadr, portlarning biridan qabul qilib oladi, kommutatorning 
qolgan portlariga uzatadi. Bu operatsiyani kommutator ikki holatda bajaradi: 
unicast kadri, broadcast yoki multicast kadrlarini oladi. Bu kommutatorga kadrni 
hostga yetkazish imkonini beradi, xatto u host qayerda joylashganligini bilmasa 
ham. 
2. 
Forwarding
— kadr portlarning biridan qabul qilib olinadi va 
kommatatsiya jadvaliga muvofiq boshqa port orqali uzatiladi. 
3. 
Filtering
— agar kommutator avvaldan belgilangan port orqali kadrni 
qabul qilib olsa, qabul qilib oluvchi MAC-manzili shu port orqali kirishga ruxsat 
berilgan bo‗lsa (kommutatsiya jadvaliga ko‗ra), unda kommutator kadrni tashlab 
yuboradi. Bu holatda kommutator host kadrni qabul qilib oldi deb hisoblaydi, uni 
dublikatsiyalamaydi. 
Kadrlarni uzatishda 802.1D standarti bilan aniqlanadigan algortimlar
qo‗llaniladi. Algoritmlarni qo‗llash kommutatsiya jadvalida manzil yozuvi statik 
va dinamik yaratish hisobiga o‗tkaziladi. Jadvaldagi statik yozuvlarni tarmoq 
administratori yozib qo‗yadi.


18 
Umumiy holatda kommutator konfiguratsiyalanmagan bo‗lishi mumkin, u 
manzil jadvali yozuvini dinamik rejimda yozishi mumkin. Shu bois port xotirasi 
portga kelib tushgan barcha kadrlarni yozib oladi. Dastlabki axborot qaysi MAC-
manzil kommutatordagi qaysi portga ulanganini ko‗rsatadi. Shu sababli kadrni 
olgan kommutator uni qabul qilib olgan portidan tashqari qolgan barcha 
portlariga uzatadi va bir vaqtning o‗zida manba MAC-manzilini taxlil qiladi hamda 
uni manzillar jadvaliga yozib qo‗yadi. 
Qachonki kommutatsiya jadvalidagi manzillar shakllantirilsa, kommutator 
kirish interfeysidan chiqishiga kadrlarning xarakatlanishi manzillar jadvalidagi 
yozuvlar asosida amalga oshiriladi.
Kommutator kadrni qabul qilib olganda, kommutatsiya jadvalida qabul qilib 
oluvchi qurilma MAC-manzili bor yo‗qligini tekshiradi. Kommutator jadvalda 
qabul qilib oluvchining manzilini aniqlaganda yana bitta tekshiruvni o‗tkazadi: 
jo‗natuvchi va qabul qilib oluvchi bitta segmentda joylashganmi yoki yo‗qmi 
tekshirib ko‗radi. Agar ular turli segmentlarda joylashgan, unda kommutator kadrni 
qabul qilib oluvchi ulangan portga uzatadi.
Agar jo‗natuvchi va qabul qilib oluvchi bitta segmentda joylashgan bo‗lsa, 
masalan ikkalasi ham bitta konsentratorga ulangan bo‗lsin, unda kadrni boshqa 
portga uzatish shart emas. Bu holatda kadr port xotirasidan o‗chirib tashlanishi 
kerak va bu jarayon kadrlarni filtrlash deb ataladi. 
Tarmoqda yangi qurilma paydo bo‗lganda manzillar jadvaliga yozib qo‗yiladi. 
Agar ma‘lum vaqt davomida (odatda 300 soniya) ma‘lumot uzatmasa, u tarmoqda 
mavjud emas deb hisoblaniladi va manzillar jadvalidan uning yozuvi o‗chirib 
tashlanadi. Tarmoq adminlari yozuvni statik usul yordamida qo‗shib qo‗yishi 
mumkin. Shunda bu yozuvni dinamik usul yordamida o‗chirib bo‗lmaydi. Bunday 
yozuvni faqat tarmoq adminlarining o‗zi o‗chirib tashlashi mumkin. 
Kommutator 
keng 
tarqatishli 
kadrlarni 
qabul 
qilib 
olganda 
(FF:FF:FF:FF:FF:FF) uni o‗zining barcha portlariga uzatadi. Ba‘zida agar ichki 
buzilishlar tufayli yoki buzg‗unchilar tomonidan broadcast manzilli kadrlarni 
ishlab chiqishni boshlasa, unda tarmoq tezda yuklama bilan to‗lib qoladi, broadcast 


19 
shtormga (broadcast shtorm) uchraydi hamda tarmoq ―osilib qoladi‖. broadcast 
shtorm va keragidan ortiqcha keng tarqatishli xabarlarni ko‗payib ketishiga faqat 
tarmoqda keng tarqatishli domenlarni yarata oladigan marshrutizator qarshi 
kurashishi mumkin.
Kommutator MAC-manzil jadvalidan foydalanib, qabul qilgan kadrlarga 
ishlov berish usulini aniqlaydi. U o‗zining har bir portiga ulangan qurilmalarining 
MAC manzillarini qo‗shib, o‗zining MAC manzillar jadvalini yaratadi. Muayyan 
portga ulangan ma‘lum bir qurilma uchun MAC manzilini kiritgandan so‗ng, 
kommutator keyingi kadrni uzatish uchun qurilma bilan bog‗langan port orqali 
ushbu qurilma uchun mo‗ljallangan trafikni jo‗natadi. Agar kommutatorning 
MAC-manzil jadvalida bo‗lmagan kadrni qabul qiladigan bo‗lsa, u kadr qabul 
qilingan portdan tashqari barcha portlardagi kadrni yo‗naltiradi. Agar MAC-manzil 
jadvalida yozib qo‗yilgan kadr bo‗lsa jadvalga mos portga yo‗naltiriladi. Bu 
qanday amalga oshirilishini bilish uchun har bir bosqichni o‗rganib chiqamiz. 
Ushbu jarayon quyida tasvirlangan. 

Yüklə 435,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin