Kommutatsiya va marshrutizatsiya


ICMP  (Internet Control Message Protocol -



Yüklə 435,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix07.01.2024
ölçüsü435,74 Kb.
#204759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
aO7QxJf55qn8kEbO8czVm6ATVkev5gB03lzWTd3A

ICMP 
(Internet Control Message Protocol
-
boshqarish xabarlari bilan 
almashish protokoli) - 
 
Internet tarmog‗ida xabarlarni nazorat qilish protokoli 
bo‗lib,
 
foydalanuvchining paketlarini uzatishda to‗xtab qolish vaziyatlarida aloqani 
tiklashni ta‘minlaydigan TCP/IP stekining to‗rtta tayanch protokollaridan biri. 
ICMP protokoli marshrutizator qurilmadan kelgan bironta IP paketini 
uzatishda duch kelgan xatolar to‗g‗risida xabar berishiga imkon beradi. Shuni 
aytish kerakki, ICMP protokoli – bu xatolar to‗g‗risida xabar beruvchi, lekin 
xatolarni tuzatuvchi protokol emas.
Oxirgi qurilmada xato boshqa takrorlanmasligi uchun ayrim xarakatlar 
qo‗llanilishi mumkin, lekin bu xarakatlar ICMP protokoli tomonidan 
belgilanmagan. ICMP protokolining har bir xabari tarmoq bo‗yicha IP paket ichida 
uzatiladi. 
ICMP protokolining vazifalari:
birlashgan tarmoqni tashkil etishda qurilmalarni qobiliyatini
tekshirish usuli, takroriy exo (Echo va Reply ICMP xabarlari) xabarlari; 
eng samarali marshrutizatsiyani qo‗llab quvvatlash usuli (Redirect 
ICMP xabari —ICMP qayta manzillash); 
mazkur birlashgan tarmoq doirasida qaysidir deytagramma unga 
belgilangan mavjud bo‗lish vaqtini oshirganligi to‗g‗risida manbaga xabar 
berish usuli [ICMP- xabari Time Exceeded (vaqt orttirilgan]; 
boshqa foydali xabarlarni uzatish usuli. 
ICMP ga yaqinda qo‗shilgan to‗ldirishlar yangi qurilmalarga hozirda ishlab 
turgan oraliq tarmoqlarda kichik tarmoqlarning maskasini topishni ta‘minlaydi. 
ICMP ixtiyoriy IP protokolini ishlatishda uning integral qismi hisoblanadi. 
Ayniqsa marshrutizatorlar ishlashida katta axamiyatga ega. ICMP xabarlari bilan 
IP paketlari, boshqa har qanday paketlar singari imtiyozsiz marshrutlanadi, 



shuning uchun ular ham yo‗qolishi mumkin. Bundan tashqari, yuklangan 
tarmoqda, ular marshrutizatorlarning qo‗shimcha yuklanishini keltirib chiqarishi 
mumkin. Xatolar to‗g‗risida juda ko‗p xabarlar keltirib chiqarmasligi uchun xatolar 
to‗g‗risidagi ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yo‗qolishi, ICMP ning 
yangi xabarlarini tug‗dirib chiqarmasligi kerak. ICMP xabarlarining bir nechta turi 
mavjud. Xabarning har bir turi o‗z formatiga ega va ularning hammasi uchta 
umumiy maydondan boshlanadi (1.4-rasm): xabar turini (TYPE),

Yüklə 435,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin