5
1.1- rasm. IP va MAC –manzillar o‗rtasida bog‗lanish
IP va MAC manzillari o‗rtasidagi aloqa to‗g‗ridan-to‗g‗ri
ARP- jadvali
yordamida amalga oshiriladi, bu erda har bir satrda IP manzilning MAC manziliga
muvofiqligi ko‗rsatilgan. 1.2-rasmda Windows OS dagi ARP-jadvali ko‗rsatilgan.
1.2-rasm. Windows OS dagi ARP-jadvali
ARP jadvalida IP va MAC manzillardan tashqari,
yozuv turi ham
ko‗rsatilgan bo‗lib, bularga:
statik yozuvlar - qo‗lda yaratiladi va kompyuter yoki marshrutizator
yoqilganicha mavjud bo‗ladi
dinamik yozuvlar - doimiy yangilab turiladi, agar yozuv ma‘lum vaqt
ichida yangilanmagan bo‗lsa (taxminan 2 daqiqa), unda u jadvaldan chiqarib
tashlanadi.
ARP jadvalida barcha hostlar uchun yozuvlar mavjud bo‗lmasdan,
faqat
tarmoq ishlarida faol ishtirok etadigan hostlar qatnashadi. Ushbu saqlash usuli
ARP keshi deb nomlanadi. ARP protokolini to‗liq o‗rganish uchun uning sarlavha
tuzilishini bilishimiz zarur (1.3-rasm).
6
1.3-rasm. ARP sarlavha tuzilishi
hardware type (HTYPE) ushbu sohada
saqlanadigan har bir kanal
ma‘lumotlarini uzatish protokoli o‗z raqamiga ega. Masalan Ethernet 0x0001
raqamiga ega.
protokol type (PTYPE) tarmoq protokolining kodi. Masalan, IPv4 uchun
0x0800 yoziladi.
hardware length (HLEN) Fizik manzilning uzunligi (baytlarda). Ethernet
6 bayt uzunlikka ega.
protokol length (PLEN) mantiqiy manzilning uzunligi (baytda). IPv4
manzil uzunligi 4 bayt.
operation jo‗natuvchining operatsiya kodi: 1 so‗rov uchun va 2 javob
uchun
sender hardware address (SHA) Jo‗natuvchining fizik manzili.
sender protokol address (SPA) Jo‗natuvchining mantiqiy manzili.
target hardware address (THA) qabul qiluvchining fizik manzili. So‗rov
jarayonida bo‗sh maydon
target protokol address (TPA) qabul qiluvchining mantiqiy manzili
ARP xabarlarining quyidagi turlari mavjud: ARP so‗rov (ARP request) va
ARP javob (ARP reply). Jo‗natuvchi tizim qabul
qiluvchi tizimning fizik
manzilini so‗rash uchun ARP so‗rovidan foydalanadi. Javob (qabul qiluvchi
qurilmaning fizik manzili) ARP javobi ko‗rinishida keladi.
7
Shunday qilib, lokal tarmoqda ma‘lumotlarni yetkazib berish uchun qabul
qiluvchi qurilmaning fizik manzilini bilish talab etiladi.
Shuning uchun fizik
manzillarni avtomatik ravishda aniqlash tartibi mavjud.
Dostları ilə paylaş: