“Umumiy shina” topologiyasi Umumiy shina tarmoq tapologiyasi (bus- Общая шина)– bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi.
“Yulduz” topologiyasi Yulduz topologiyasi (Star– Звезда)– bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi.
“Halqa” topologiyasi Halqa topologiyasi (Ring– Кольцо)– bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan
Daraxtsimon tuzulmali topologiya Aralash tuzulmali topologiya Kompyuter tarmog’ining texnik ta`minoti Kompyuter tarmog’ini tashkil qilish uchun albatta bir nechta tarmoqda ishlatiladigan texnik vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar vazifalari har xil bo’lishi mumkin, lekin ularning ayrimlari tarmoqdagi axborot almashinuviga yordam bersa, ayrimlari axborot almashinuvi ishonchligini oshiradi, ayrimlari esa uzatish tezligi va masofasini oshiradi va hakozo.
Quyida bu texnik vositalar va ular xaqida ma’lumotlarni keltiramiz.