Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi.
Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir.
Stansiya–axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir.
Kompyuter tarmog‘i arxitekturasi va texnologiyasi, tushunchalari. Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi.
Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak.
Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir.
Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o'rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday kompyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmoq yig'indisi sifatida ko'rish imkonini beradi.
Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin:
Lokal tarmoqlar- (LAN– Local Area Network);
Mintaqaviy tarmoqlar- (MAN– Metropolitan Area Network);
Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);
Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q.