Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab kilometrni tashkil etadi.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o'rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.
Tarmoq miqyosi (o’ljami)
Masofa (Дистанция)
Joyi (Место)
Turi (Тип)
1 м
Plata
Kompyuter
10 м
Xona (Комната)
LAN
100 м
Bino (Здание)
LAN
1000 м
Qo’shni binolar (Кампус)
LAN
100000 м
Shahar (Город)
MAN
1000000 м
Qit`a (Континент)
MAN
10000000 м
Планета
WAN
Bosqarish usullari bo’yicha tarmoqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: “Mijoz – server” tarmoqlari (Клиент–сервер);
Mijoz– bu tarmoqqa so’rovlar beruvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ektdir. Yoki boshqacha aytganda Mijoz- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan foydalanadi, ya`ni tarmoq unga xizmat qiladi.
Server–bu tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ekt. Yoki boshqacha aytganda Server- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining resurslarini taqdim etadi, o‘zi esa boshqa abonentlarni resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqga xizmat qiladi.
“Peer–to Peer” (teng huquqli) tarmoqlar (одноранговые сети) bir rangli tarmoqlar, yani tarmoqdagi barcha kompyuterlar bir xil kirish va resurslar huquqiga ega.