Xozirda koordinatsion birikmalar tо‘rt sinfga bо‘linadi.
A.
Molekulyar monodentat ligandli koordinatsion birikmalar. Bular jumlasiga ammiakatlar, gidratlar
hamda metall karbonillar kiradi. Masalan, [Cu (NH
3
)
4
] SO
4
, [Al (H
2
O)
6
] Cl
3
, [Ni (CO)
4
], [Co
2
(CO)
8
].
B.
Ion ligandli koordinatsion birikmalar. Bularga ligandlari kislota qoldig‘idan iborat
atsidokomplekslar kiradi. Masalan : Na
3
[AlF
6
], Na
2
[HgI
4
], Na
2
[PdBr
4
], K
4
[Fe (CN)
6
], K
2
[BeF
4
]
va hokazolar. Okso – va gidroksokoordinatsion birikmalar ham shu sinfga kiradi.
S.
Siklik koordinatsion birikmalar tarkibida bidentat va polidentat ligandlar bо‘lishi mumkin.
Masalan : [Co[NH
2
(CH
2
)
2
NH
2
]
3
] Cl
3
, [Co (asas)
3
] va hokazo. Agar [Co (NH
3
)
6
] Cl
3
tarkibidagi 6
ta NH
3
ni uchta etilendiamin molekulasiga aralashtirilsa [CoEn
3
] Cl
3
hosil bо‘ladi.
Bunda har
qaysi etilendiamin molekulasi metall bilan ikkita σ – bog‘ orqali birikadi. Natijada uchta besh a’zoli
halqaga ega bо‘lgan kompleks hosil bо‘ladi. (asas – atsetilatseton – O = C (CH
3
) – CH = C (CH
3
) –
O – anioni ham 5 a’zoli halqa hosil qiladi, unda fragmentidan
uchtasi markaziy atom atrofida
koordinatsiya holatida
bо‘ladi. Bunday birikmalar x ye l a t k o o r d i n a s i o n b i r i k m a l a r deb ataladi.
Ikkinchi misol tariqasida ichki koordinatsion birikmalarni kо‘rsatish mumkin. Agar
polidentat ligandning bir atomi markaziy atom bilan kovalent (ba’zan ionli) tarzda birikib, ligandning
ikkinchi atomi donor – akseptor mexanizm bо‘yicha markaziy atom bilan birikkan bо‘lsa, hosil
bо‘lgan holatni ― i ch k i k o o r d i n a s i o n b i r i k m a deb ataladi. Masalan, glitsin nomli
aminokislota mis sulfat bilan reaksiyaga kirishganida misning ichki kompleks birikmasi hosil bо‘ladi
:
2NH
2
CH
2
COOH + CuSO
4
→ H
2
SO
4
+ [Cu (NH
2
CH
2
COO)
2
]
bis (glitsinato) mis (II)
Kompleksonlar, sendvich va π – komplekslar ham shu sinfga kiradi.
Etilendiamintetraatsetat kislotaning ioni polidentat ligandlar jumlasiga kiradi.
Bu kislota qisqacha EDTA yoki EDTUK bilan ishoralanadi. Uning ikki natriyli gidrotuzi
trilon – B nomi bilan analitik kimyoda metall ionlari miqdorini aniqlashda ishlatiladi. EDTA ning
ioni olti dentatli ligand hisoblanadi. Agar metallning koordinatsion soni 6 dan ortiq bо‘lssa, ortiqcha
о‘rinlarni erituvchi molekulalari band qiladi.
Gemoglobin va xlorofill ham ichki komplekslar jumlasiga kiradi. Bu ikki moddaning
yadrosi bir xil tuzilishga ega. Gemoglobinda markaziy ion vazifasini Fe (II),
xlorofillda esa Mg
bajaradi.
D.
Sendvich birikmalar. 1951 yilda ferrotsen [Fe (C
5
H
5
)
2
] sintez qilindi. Keyinchalik
uning sendvich (buterbrod) tuzilishga ega ekanligi isbotlandi. Uning tarkibida temir ioni ikkita
siklopentadiyenil ioni C
5
H
5
bilan birikkan. Uning tuzini aniqlagan E. Fisher va J. Uilkonson nobel
mukofotini olishga sazovor bо‘ldilar. Ferrotsenning tuzilishi quyidagicha. Unda temirning
koordinatsion soni 6 ga teng.
Ferrotsendagi temir о‘rnini boshqa metall, masalan,
nikel egallashi mumkin, u holda nikelotsen [Ni
(C
5
H
5
)
2
] hosil bо‘ladi. Bundan tashqari ferrotsenning siklopentadiyenil halqalari ham almashinish
reaksiyalariga kirishadi. Bu sinfga yana dibenzolxrom [Cr (C
6
H
6
)
2
] ni ham kiritish mumkin.
Oraliq d – metallar bilan hosil qilingan karbotsiklik birikmalar qatorida dibenzolxrom muhim о‘rin
tutadi. U 1919 yilda sintez qilingan bо‘lsa – da, uning tuzilishi faqat 1954 yilda aniqlandi. Xayn xrom
(III) xlorid bilan C
6
H
5
Mg Br orasidagi reaksiyani amalga oshirib, xromning bir qancha birikmalarini
olishga muvaffaq bо‘ldi. Bu birikmalar tarkibida xrom bilan sendvich tarzida birikkan benzol C
6
H
6
yoki denifil C
6
H
5
― C
6
H
5
molekuklalari borligi aniqlandi. Keyinchalik dibenzolxrom metall
galogenidiga aromatik uglevodorodlarni Al
kukuni va AlCl
3
ishtirokida bevosita ta’sir ettirish orqali
hosil qilinadigan bо‘ldi.
Dibenzolxrom 284
0
S da suyuqlanadigan, suvda juda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydigan
jigarrang tusli qattiq jism, diamagnit. Dibenzolxromdagi kimyoviy bog‘lanishdan ikkita benzol
molekulasining 12 ta π – elektroni va xrom atomining 6 ta bо‘sh orbitallari (donor – akseptor
mexanizm bо‘yicha) ishtirok etadi ;
ikkinchi tomondan, xromdagi uchta elektron juft benzol
molekulalaridagi bо‘sh π – orbitallar bilan (dativ mexanizm bо‘yicha) bog‘lanadi.
Fe, Co, Ni, Mn, Cr, V, Ti, Ru, Th va Os kabi metallarning siklopentadiyen C
5
H
6
bilan birikmalari
olingan. Bu koordinatsion birikmalarni hosil qilish uchun shu metallarga yoki ularning karbonillariga
siklopentadiyen ta’sir ettiriladi. Natijada Fe (C
5
H
5
)
2
ferrotsen ; Ni (C
5
H
5
)
2
nikelotsen hosil bо‘ladi.
Metallarning siklopentadiyen bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalari ( shuningdek,
dibenzolxrom Cr (C
6
H
6
)
2
kabi moddalar) «sendvich - strukturali» moddalar nomini olgan, chunki
bunday koordinatsion birikmalar rentgen nurlari yordamida tekshirilganida, ular ― xuddi «ikki burda
non orasidagi pishloq»
kabi tuzilganligi, ya’ni о‘rtada metall atomi, uning ustida va tagida C
5
H
5
radikali joylashganligi ma’lum bо‘ldi. Ferrotsen Fe (C
5
H
5
)
2
molekulasining tashqi qavatida 18 ta
elektron bо‘ladi. Ularning 8 tasi temirniki va 10 tasi ikkita C
5
H
5
radikalnikidir. Ikkita C
5
H
5
radikali о‘zining 10 ta p – elektroni hisobiga koordinatsion bog‘ hosil qiladi.
Shuning uchun oraliq
metallarning sendvich strukturali birikmalari π – koordinatsion birikmalar jumlasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: