Trans – ta’sir qonuniyati
VIII guruh elementlaridan Pt
2
, Pt (IV), Ir (III), Rh (III), Co (III), Pd (II) lar
uchun bajarilishi aniqlangan. Bu qonuniyat kimyoviy bog‘lanishi kovalent xususiyatgan ega bо‘lgan
koordinatsion birikmalarga xos ba’zi hodisalarni ― Kurnakov, Peyrone, Iorgensen qoidalarini, Pt (II)
va Pt (IV), Pd (II) birikmalarida qо‘sh kristallanish natijalarini tushuntirishda yordam beradi. Bu
qonuniyat asosida kompleks ionning ichki qobig‘ida almashinish reaksiyasining yо‘nalishini,
izomerlarda ba’zilarining turg‘unligini, izomerlarning bir – biridan
ayrim xossalari elektr
о‘tkazuvchanlik, optik va kislota – asoslik xossalari bilan farq qilishini tushuntirish mumkin.
Bu qonuniyat asosida ba’zi aralash ligandli kompleks birikmalarning hosil bо‘lmasligini tushuntirish
mumkin. Masalan, [PtCl
4
]
2-
ning eritmasiga tiomochevina qо‘shilganda PtCl
2
(Thio)
2
birikma
eritmada hosil bо‘lishi noma’lum, uning sababi
sis – holatda Thio molekulasi joylashgan modda hosil
bо‘lmaydi, Thio ning trans – ta’siri kuchli bо‘lishi Cl
–
ning markaziy atom bilan bog‘lanishida ionli
darajaning kuchayishiga va shu tufayli qо‘zg‘aluvchan bо‘lishiga olib keladi.
Bu qonuniyat tarkibi
[PdCl
3
(NO
2
)]
2-
bо‘lgan moddaning uchta xlor ionlaridan biri almashinish reaksiyasida qatnashganda
faqat
trans – aktiv NO
2
-
qarshisidagi Cl
–
, tarkibi [PdCl
3
(NH
3
)]
–
bо‘lgan molekulasida almashinish
jarayoni (bir mol «kirib keluvchi» modda bilan bir mol kompleks ion qatnashganda) NH
3
ga nisbatan
trans holatda joylashgan Cl
–
ioni qatnashishini oldindan aytishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: