Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
Farqi (+; –)
|
O‘sish darajasi
|
Mahsulot hajmi korxona ulgurji bahosida, ming so‘m
|
125463
|
215364
|
+89901
|
171,6
|
Moddiy zaxira sarflari, ming so‘m
|
79520
|
154862
|
+75342
|
194,7
|
Moddiy sarflar qaytimi (1/2)
|
1,577
|
1,390
|
-0,187
|
88,1
|
Moddiy sarflar sig‘imi (2/1)
|
0,634
|
0,719
|
+0,085
|
113,4
|
7.8-jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki korxonada moddiy sarflarning samaradorlik darajasi o‘tgan yilga nisbatan bir qadar yomonlashgan. Moddiy zaxira sarflari qaytimi o‘tgan yilga nisbatan 0,187 so‘mga kamaygan. Sig‘im ko‘rsatkichi esa 0,085 so‘mga oshgan. Demak, korxona mutaxassislari bu boradagi holatni yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratishlari zarur.
Moddiy resurslar tahlilida ularning aylanuvchanlik darajasiga korxona moliyaviy holatiga baho berishning muhim ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. Moddiy sarflarning aylanuvchanlik darajasi koeffitsiyentlarda va kunlarda aniqlanadi.
Sotilgan mahsulot hajmini (yoki sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini) tovar-moddiy zaxiralarning o‘rtacha qoldig‘iga bo‘lish bilan aylanuvchanlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Koeffitsiyent miqdorining oshib borishi ijobiy holat sanaladi. Chunki u aylanishlar miqdorini ko‘rsatib beradi.
Tovar-moddiy zaxiralarning o‘rtacha qoldig‘ini hisobot davri kunlari soniga ko‘paytirib, natijani sotilgan mahsulot hajmiga (yoki sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga) bo‘lish bilan moddiy zaxiralarning aylanish kunlari topiladi. Kunlar sonining kamayishi ijobiy holat deb qaraladi. Chunki, aylanishning tezlanishi kunlar sonini qisqartiradi. Demak, mablag‘ tez bo‘shaydi.
Moddiy zaxiralar tahlili natijalari ulardan samarli foydlanish yo‘llarni topishda muhim ahamiyatga ega.