5. Moddiy zaxiralar va ulardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari tahlili
Moddiy zaxiralar ishlab chiqarish faoliyatining muayyan bosqichida foydalanishda bo‘lgan, shu jarayonda iste’mol etilgan, ishlab chiqarilgan mahsulot (ish va xizmat) tarkibiy asosini tashkil etadigan hamda uning tannarxiga o‘z qiymatini to‘liq o‘tkazadigan mablag‘ardan tashkil topadi.
Iqtisodiy tahlilda moddiy zaxiralar holati va ulardan foydalanish darajasini ishlab chiqarilgan mahsulot (ish va xizmat) tannarxiga nisbatan o‘rganiladi. Mazkur mablag‘lardan noishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishdan tashqari jarayonlarda foydalanish esa korxona sarflarining alohida tarkib qatori sifatida qaraladi.
Ishlab chiqarish omillari tarkibiga kiruvchi mehnat ashyolari va ularning cheklanganligi, avvalo ulardan foydalanishni to‘g‘ri va maqsadli boshqarishni talab etadi. Resurslar yoki mablag‘lar cheklanganligi bevosita ular zaxirasining tugashini va chegaralanganligini tavsiflaydi.
Mehnat ashyolari tahlilining mazmuni bevosita uning oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqadi. Tahlilda bevosita ashyoviy resurslar bilan korxonaning ta’minlanganlik darajasiga, ulardan samarali foydalanishning holatiga, mahsulot hajmini oshirishda ashyolarni to‘g‘ri boshqarishning ahamiyatiga, ashyoviy resurslarni iqtisod qilish yuzasidan ichki imkoniyatlarni belgilash va yo‘lga quyishga muhim ahamiyat beriladi.
Shu ma’noda iqtisodiy tahlil oldiga ham o‘ta muhim vazifalar qo‘yilgan.
muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishini omilli tahlil etish;
mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi mehnat ashyolari bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni o‘rganish;
ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida mehnat ashyolarining salmoq ko‘rsatkichlarini o‘rganish va shu kabilar.
Moddiy zaxiralardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:
material sig‘imi ko‘rsatkichi;
material qaytimi ko‘rsatkichi.
Material sig‘imi ko‘rsatkichi ishlab chiqarishga sarflangan material xa- rajatlarni yoki moddiy resurslar qiymatini mahsulot hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga nisbati bilan aniqlanadi. Unga teskari bo‘lgan ko‘rsatkich material qaytimini tavsiflaydi. Ularning hisob-kitobini quyidagicha ifoda etiladi.