Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə25/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

2.1-jadval


Gips bog‘lovchisining sikilishga bo‘lgan mustahkamligi



Gips bog‘lovchi
moddalar markalari

O‘lchamlari 40x40x160 mm bo‘lgan gips tayoqchaning 2 soat dan keyingi mustahkamlik chegarasi

Siqilishga

Egilishga

MPa

kgs/sm2

MPa

kgs/sm2

G-2


2


20


1,2


12


G-3

3

30

1,8

18

G-4

4

40

2

20

G-5

5

50

2,5

25

G-6

6

60

3

30

G-7

7

70

3,5

35

G-10

10

100

4,5

45

G-13

13

130

5,5

55

G-16

16

160

6

60

G-19

19

190

6,5

65

G-22

22

220

7

70

G-25

25

250

8

80

Qotish muddatlariga qarab gips bog‘lovchi moddalarning quyidagi turlari mavjud (2.2-jadval):


2.2-jadval


Gips bog‘lovchining turlari



Bog‘lovchini qotishiga qarab
turi

Qotish muddatlariga
qarab indeksi

Qotish muddatlari, daqiqa

Boshlanishi

Tugashi

Tez qotuvchi O‘rtacha qotuvchi
Sekin qotuvchi

A B

V


2
6
20

15
30
belgilanmagan

Maydalik darajasiga qarab gips bog‘lovchi moddalarning quyidagi turlari mavjud (2.3-jadval):

2.3-jadval


Gipsning maydalik darajasi



Tuyilish darajasiga
qarab bog‘lovchi moddani turi

Maydalik darajasining indeksi

02 elakda qolgan qoldiq,
%

Dag‘al tuyilgan


O‘rtacha tuyilgan Mayin tuyilgan

I
II III



23
14


2

Gips bog‘lovchi moddani qotishini sekinlashtirish uchun qo‘shiladigan suvga xayvon elimi yoki LST (texnik lignosulfat) qo‘shish mumkin (gipsni og‘irligidan 0,1...0,3% miqdorida). Bu qo‘shimcha moddalar gips zarrachalarining yuzasini qoplab oladi va ularni suvda erishini sekinlashtiradi, shuni hisobiga gipsni qotishini xam sekinlashtiradi. Gips bog‘lovchi moddalarni qotishini tezlashtirish uchun osh tuzi, natriy sulfat va hokazalar qo‘shish mumkin (gipsni og‘irligidan 0,2...3% miqdorida).


Ishlatilishi:


Gips bog‘lovchi moddalar parda devorlar, kurilishda juda ko‘p ishlatiladigan gips plitalari (gips va yogoch qipig‘idan ishlangan), «quruq suvoq» deb ataladigan taxtalar (ikki qog‘oz orasiga qo‘yilgan gips taxta), devorbop bloklar, toqi-ravoq buyumlari ishlashda katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari gips bog‘lovchi moddalar bino devorlarining ichki tomonini suvashda, naqqoshlikda va bezak buyumlar tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. Gips o‘tga chidamli bo‘lganligi uchun, bundan binoni shamollatuvchi qurilmalar, lift kataklari va boshqalar tayyorlanadi.
Gipsli bog‘lovchi moddalar. Gipsli bog‘lovchilar QMQ 125–79 talablariga mos ravishda tayyorlanishi kerak. Gipsli bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish
uchun xomashyo bu tog‘ jinslaridir, tarkibida mineral gips mavjud bo‘lishi kerak. Gips – bu mineral tog‘ jinsi bo‘lib, ikkilamchi kalsiy sulfiddir: CaSO4•2H2O. Ikkilamchi toza gipsning kimyoviy tarkibi quyidagi 2.4 – jadvalda keltirilgan. Gipsli toshning texnik tavsifi 2.5 – jadvalda berilgan.
    1. – jadval


Gipsning kimyoviy tarkibi

Komponent nomi

% massa bo‘yicha

CaO

32,6

CO3

46,5

H2O

20,9



    1. – jadval


Gips toshining tavsifi

Zichligi, kg/m3

2200 – 2400

Sepma zichligi, kg/m3

1300 – 1600

Namligi, %

3 – 5

Moos shkalasi bo‘yicha qattiqligi

2

CaSO4 hisobida gipsning suvda




eruvchanligi, g\l,




18°C

0.2

40°C

0,21

100°C da

0,17

16 – 46 °S intervalda issiqlik o‘tkazuvchanlik Vt\ (m x k)

0,43

Gipsli tosh tarkibidagi CaSO4•2H2O

Kam emas

ning miqdori, % navlvr bo‘yicha




I

95

II

90

III

80

IV

70

Gipsli bog‘lovchi moddalarni shartli ravishda quyidagilarga bo‘linadi: qurilish gipsi; shlakli gips; yuqori chidamli gips.


Qurilish gipsi – ikkilamchi maydalangan gipsning kuydirib olingan mahsulotdir. Ayrim zavodlarda kuydirilgandan so‘ng gips yana maydalanadi.
Shlakli gips ham kalsiy polugidrat sulfatidan tashkil topgan. Qurilish gipsidan farqi uning o‘ta maydaligidadir.
Yuqori chidamli gips α – polugidratning maydalangan mahsulotidir, bu shunday issiqlik qayti ishloviki, bunda gipsdan suv – tomchi holatida ajralib chiqadi. Bunday sharoitga 0.15 – 0.3 MPa bosimda to‘yingan bug‘ muhitida, avtoklavda erishish mumkin.
Gipsli bog‘lovchi moddalarning ko‘rib chiqilgan turlarini turli maqsadlar uchun ishlatiladi. Qurilish va shlakli gipslar quyidagilarni ishlab – chiqarishda ishlatiladi:

  • KNAUF – listlar (gipsakarton list);

  • KNAUF – superlist (gipsotolasimon list);

  • quruq qurilish qorishmalar;

  • gipsli qovurg‘asimon plitalar;

  • gipsolit detallar;

  • ventilyasion korobkalar;

  • olovga chidamli va tovush yutuvchi maxsulotlar.

Bu materiallarning hammasi havoning nisbiy kamligi 60% dan oshmagan xonalarda ishlatilishi kerak, chunki gipsli maxsulotlarning namlanishi doim chidamlilikni pasaytiradi va plastik diformatsiyalarni ko‘paytiradi. Gipsli mahsulotlar namlikka chidamliligini, masalan: sintetik smolalar qo‘shish, gidrofob moddalar bilan to‘yintirish, uzluksiz zichlash yo‘llari bilan oshirish mumkin. Suvga chidamlilikni oshirishning alohida samarador usuli gips asosli aralash bog‘lovchi moddalarga o‘tishdir.
Ishlab chiqarish sharoitida gipsli bog‘lovchilarning ikki xil usuli bor: nam va quruq ishlatiladi.
Gips asosidagi kompozitsion bog‘lovchi moddalarning turlari
Supergips – gips toshini to‘yingan bug‘ muhitida, yuqori bosim sharoitida, unga qo‘shimcha – modifikator – ftalli yoki malein angidrit qo‘shib issiqlik bilan
ishlov berib olinadi. Supergips olish jarayonida o‘ziga xosligi shundaki, har qanday kristall tuzilishga ega bo‘lgan mayda gips toshlari ishlatiladi.

Fosfogips asosida olingan bog‘lovchi modda.


Fosfogips suv aralashmasiga kristall hosil qilishini boshqarib turadigan – karboksilmetilsellyuloza qo‘shib avtoklavda ishlov berib olinadi.

Gips sementputssolanli bog‘lovchi moddalar (GSPB).


Yarim molekula suvli gipsni (50-75%), portlandsementni (15-25%), putssolan qo‘shimchani o‘zaro aralashtirib olinadi. Uning markalari 100, 150 bo‘ladi.

Angidrit sement.


Tabiiy gips toshini yoki angidritni (CaSO4) 600–700 oC da pishirib, so‘ng tuyib, havoda qotadigan bog‘lovchi modda – angidrit sementi olinadi. Sement aktivligini oshirish maqsadida unga katalizator sifatidagi qo‘shimchalardan oxak (2-5%), pishirilgan dolomit, domna toshqoli (10-15%) va yonuvchan slanets kuli qo‘shiladi. Angidrit sement sekin quyuqlanuvchan bog‘lovchidir. Quyuqlanishining boshlanishi 30 daqiqadan kam bo‘lmaydi, oxiri esa 24 soatgacha, suvga chidamliligi gipsga nisbatan yuqori. Siqilishiga bo‘lgan mustahkamligi bo‘yicha G-2 dan G-10 gacha markalarga bo‘linadi. Zichligi 2,8- 2,9 g/sm3, o‘rtacha og‘irligi 850-1100 kg/m3 ga teng. Angidrit sement yaxlit pollar qurishda, g‘isht terish va suvoqchilik qorishmalari olishda va sun’iy marmar olishda ishlatiladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin