Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə22/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Vermikulit bu tabiiy material bo‘lib, kuydirish jarayonida xajmi 10 – 15 baravar oshish xususiyatiga ega gidroslyudalar guruhiga mansub. Bu mineral bronza – sariq, tilla rangda uchraydi, aniq kimyoviy tarkibga va faqat o‘ziga xos kristall tuzilmaga ega. Kristallar o‘lchami bir necha o‘n santimetrdan mikrongacha tebranadi.
Vermikulit kam sepiluvchi zichlik bilan xarakterlanadi (80 – 200 kg/m3). Standartga ko‘ra, u 100, 150 va 200 markalarga ega. Standartga ko‘ra, ko‘pchigan vermikulik uchta fraksiyaga bo‘linadi: yirik (5 – 10 mm), o‘rta (0,5 – 5 mm) va mayda (≤0,5 mm).
Vermikulit yonmaydi, biochidamli, oqsil va kislotalar ta’siriga neytral, vaqt bo‘yicha barqaror chidamlilik, deformatsion va issiqlik – texnik xarakteristikalarga ega. Bu esa vermikulitli materialni konstruksiya sifatida ham, issiqlik va tovush izolyatsiyasi uchun ham ishlatish samaradorligini ko‘rsatadi.
Vermikulit shtukaturkalar devorlarni ichki va tashqi bezagi uchun ishlatiladi, hamda issiqlik himoyasidan tashqari, tovush yutuvchi, yong‘inga qarshi va manzarali fuknsiyalarni bajarishi mumkin. Oddiy shtukaturka qorishmasiga vermikulitdan ozgina qo‘shish ham, uni elastikligini oshirib, qotgandan so‘ng, darzlar hosil bo‘lishini kamaytiradi.
Keramzit qumi – zarralarining o‘lchami 0,1 – 5 mm bo‘lgan to‘ldiruvchi. Keramzit bu keramik g‘ovaksimon shag‘al bo‘lib, u quyidagi xususiyatlarga ega: yengillik va yuqori chidamlilik; issiqlik va tovush izolyatsiyasi; yong‘inga chidamlilik; namga va sovuqqa chidamlilik; ishqorga qidamlilik, kimyoviy inertlik; umrboqiyligi va boshqa xarakteristikalar. Qurilishda issiqlikni saqlovchi materiallar sifatida keramzitdan ratsional foydalanish 75 % ga issiqlik yo‘qotishni qisqartiradi.
Keramzitning muhim xususiyati materialning ekologik tozaligini alohida uqtirish zarur. Chunki, keramzit tarkibi – bu faqat tuproqdir. Shunday qilib, keramzit – absolyut xavfsiz va ekologik tabiiy toza material hisoblanadi.
Qorishmalar tarkibiga yengil to‘ldiruvchi sifatida ko‘pikpolistirol granulalar ham qo‘shiladi. Ayniqsa, bu to‘ldiruvchi sementli shtukaturkalarning tarkibida samaralidir, masalan KNAUF – Grondband, va KNAUF – Ubo yengil styajkalari.
Ko‘pikpolistirol donachalari maxsus qayta ishlangan bo‘lib suvda yuqoriga qalqib chiqmaydi, qorishma xajmi bo‘yicha bir tekis taqsimlanadi, bir jinsli massa hosil qiladi. Sement qo‘shilganda ham, ko‘pikpolistirol zichligi qorishma xajmi
bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Yuqorida qayt etilgan sementlar ko‘pikpolistirolning yuqori tarkibiga ko‘ra, juda yaxshi issiqlik saqlovchi xususiyatga egadir.
Bunday material juda qulaydir va quyma qalinligi, hamda boshqa parametrlarni boshqarishga imkon beradi. Asosiy fuksiyasi – issiqlik izolyatsiyasidan tashqari, ko‘pikprlistirol granulalari muxim vazifalardan biri bo‘lgan tovush izolyatsiyasini ham bajaradi. Quruq to‘ldiruvchi (ko‘pikpolistirol) juda yengil, shunga ko‘ra, uning transportirovkasi oddiy, u nam va ixtiyoriy kimyoviy va biologik reagentlar ta’siriga chidamli.
Mikroto‘ldiruvchilar deb, kukunsimon materiallarga aytiladi, ularning zaralari bog‘lovchi maddalar zarari bilan bir o‘lchamda bo‘ladi. Mikroto‘ldiruvchilar noorganik va organik, tabiiy va sun’iy, kimyoviy tarkibi bo‘yicha oddiy va murakkab bo‘ladi. Mikroto‘ldiruvchi zararlari plastiksimon, tolasimon ham bo‘lishi mumkin. Zarralar o‘lchami odatda 10 dan 100 mkm gacha va 1 – 2 mm dan oshmaydi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin