Ishlatilish soxasi va ishlab chiqarish usuliga ko’ra tolali materiallar 6-ta asosiy toifalarga bo’linadi (2.4-rasm). Ularning har biri GOST 14613-83 “Fibra”ga mos kelishi kerak :
Metall qirindili
Metall(po’lat)tolasi- to’lqinsimon yoki ankersimon simlar shaklida bo’ladi.Armatura karkasi uchun ishlatiladigan metal tolalar bir necha usulda tayyorlanadi. Eritmani qoliplash orqali, elektrotermik yoki mexanik usulda olib boriladi. Eng keng tarqalgani mexanik usul xisoblanadi. Ushbu usulda metall tolalarni ishlab chiqarish metalni prokat tegirmonida cho’zish orqali amalga oshiriladi. Metall tolalarni ishlab chiqarish texnologiyasini tanlash metall tolaning kerakli diametriga bog’liq. Ultra yupqa tolalar maxsus olmos filtrlari orqali chizish orqali olinadi (2.6, 2.7, 2.8-jadvallar).
2.4-rasm. Tolali materiallarning asosiy oltita turi.
Bazalt (mineral )tola bu- magmatik tog’ jinslarini maxsus pechlar yordamida eritib olingan sun’iy mineral noorganik tola (2.6-rasm).
Afzalliklari: mexanik yuklarga chidamliligi;
olovga bardoshli (yonmaydi);
v) betonning uch baravar mustahkamligini ta’minlaydi.
Qurilish maydonlarida basalt tolali betondan samarali foydalanishga misollar:
ko’p qavatli binolarni podvallari;
devor panellari va tolali betondan yasalgan monolit devorlar;
shahar parklarini obodonlashtirishda kichik memoriy shakllar-tolali betondan yasalgan haykallar.