Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari


-rasm. Bazalt (mineral) tola



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə29/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

2.6-rasm. Bazalt (mineral) tola.


Shisha tolalar — suyuqlantirilgan shishadan tayyorlanadigan tolalar, diametri 3—100 mkm, uz. 20 km va undan uzun (uzluksiz shisha tolalar) yoki diametri 0,5—20 mkm, uz. 1—50 sm (shtapel shisha tolalar) qilib ishlab chiqariladi. Uzluksiz shisha tolalar tashqi koʻrinishidan tabiiy yoki sunʼiy ipak tolalariga, shtapel shisha tolalar esa ip yoki jun ipga oʻxshaydi.
Uzluksiz shisha tolalar suyuqlantirilgan shisha massasini filyerlardan (teshiklar soni 200—2000) mexanik qurilmalar yordamida choʻzib tola shakliga keltirilib, gʻaltaklarga oʻraladi. Shtapel Shisha tolalar bir bosqichli usulda — suyuqlantirilgan shisha massasi oqimini bugʻ, havo yoki issiq gaz bilan ajratib hosil qilinadi.
Shisha tolalar xossasi, kimyoviy tarkibi, issiqqa chidamliligi, elektr tokini oʻtkazmasligi, issiklik oʻtkazuvchanligining pastligi, termik kengayish koeffitsiyentining kichikligi, kimyoviy chidamliligi va mexanik puxtaligi bilan belgilanadi.
Uglerod tolasi-yuqori haroratda xom ashyoni issiqlik bilan ishlov berish natijasida ugleroddan olingan modda.Mexanik yuklarga va kimyoviy reaksiyalarga nisbatan yuqori qarshilikka ega.
Afzalliklari:

  1. korroziyaga uchramaydi;

  2. gidroksidli va kislotali muxitga chidamli;

  3. olovbardosh (yonmaydi).

Uglerod tolalarining elastiklik moduli po’lat tolalarining egiluvchanligidan ancha yuqori va ularning kuchi shisha tolaning kuchiga muttanosibdir. Ushbu materialdan foydalanishning ideal xususiyatlari va yuqori samaradorligiga qaramay
,narxi ishlatilishini cheklaydi. Shuning uchun uglerod tolalari faqat iqtisodiy maqsadlarga muvofiq bo’lganda ishlatiladi.
Polipropilen tolasi-kesish va burish orqali polipropilen plyonkadan olingan 0,02-0,038 mm diametrli sintetik tolaning alohida turi. Beton qorishmasida bu tolalar ochilib, to’rsimon tuzilish xosil qiladi. Natijada temir-betonning tarkibi va fizik kimyoviy xususiyatlari sifat jihatdan yaxshilanadi. Bosimga chidamliligi yuqori bo’ladi armaturalanmagan betonga qaraganda.
Kamchiliklari

    1. siqilishga va chozilishga mustahkamligi pastligi;

    2. materialning yomon namlanishi;

    3. yuqori haroratga chidamsizligi.

Viskoza (selluloza) tolalar — tabiiy sellyulozani kimyoviy usulda qayta ishlab olinadigan sunʼiy tolalar. Yogʻoch sellyulozasi, arzon ximikatlar viskoza (selluloza) tolalar uchun xomashyo hisoblanadi. Viskoza (selluloza) tolalar olish uchun sellyuloza 18% li ishqor eritmasiga solinadi. Ishqorlangan sellyuloza uglerod sulfid bilan ishlanib, sellyuloza ksantogenati hosil qilinadi. Viskoza (selluloza) tolalarni sanoatda i.ch. dastlab 1905 y. da Angliyada boshlangan. Suvda erimaydi va kislotaga nisbatan chidamli. Beton kirishishini sekinlashtiradi.
Beton qorishmasiga ko’p miqdorda tolali agregatlarni qoshish natijasida beton mustaxkamligi yomonlashadi. Suv-sement nisbatini yaxshilash yoki maxsus super plassifikatorlar qo’shish orqali beton mustahkamligini saqlab qolish mumkin (2.7, 2.8, 2.9 va 2.10-rasmlar).

    1. Yüklə 5,34 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin