Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə38/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Nazorat savollari:


  1. Po‘latfibrobeton tarkibi, strukturasi va xossalari.

  2. Po‘latfibrobeton ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatilish sohalari.

  3. Po‘latfibrobetonni ishlatishning texnik-iqtisodiy samaradorligi.

  4. Shishafibrobeton va bazaltfibrobeton tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasi.

  5. Quruq qurilish qorishmalarida ishlatiladigan to‘ldiruvchilar va qo‘shimchalar.
    1. Asbestsement kompozitlar. Asbestsement kompozitlar asosidagi materiallar va buyumlar. Asbestsement kompozit asosidagi buyumlarni


tarkibi, xossalari va ishlab chiqarish texnologiyasi. Asbestsement kompozitlarni ishlatilish sohalari

Asbestsement tayyorlash uchun xomashyolar


Asbestsement bu asbest tolalari bilan qotirib kuchaytirilgan sement toshidan iborat qurilish materialidir. Sement toshining cho‘zilishga bo‘lgan qarshiligi siqilishdagi qarshiligiga nisbatan ancha pastdir. Cho‘zilishga mustahkamligi yuqori bo‘lgan ingichka tolali asbest sement qorishmasiga qo‘shilsa (15% gacha), u holda sement toshining fizik-mexanik xossalari yaxshilanadi.
Asbestsement buyumlar asbest tolalari, portlandsement va suv aralashmasini qoliplab olinadi. Asbest tolalari asbestsement buyumlarda o‘ziga xos armatura rolini bajaradi, suvda qorilgan portlandsement esa bog‘lovchi modda hisoblanadi, tolalar portlandsement toshining ichida karroziyaga uchramaydi. Asbestsement buyumlar yengil ishlash uchun oson, issiqlikni kam o‘tkazuvchan, shuningdek yuqori harorat ta’siriga chidamli va mustahkam ashyodir. Sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi, suvni kam shimadi, vaqt o‘tishi bilan mustahkamligi biroz ortadi. Asbestsement buyumlarning kamchiligi zarbga chidamsizligi va tob tashlashidir.
Hozirgi zamon qurilishida turli-tuman asbestsement buyumlar ya’ni: taxtachalar va varaqalar (profillangan va yassi), qoplash va tomga yopiladigan hamda issiqlik izolyatsiyalovchi qatlamli panellar, bosimli va bosimsiz quvurlar, chorcho‘blar, deraza tokchalari, maxsus buyumlar, kichik me’morchilik shakllari keng ko‘lamda ishlatiladi.
Asbest tabiatda asosan mineral ko‘rinishda tuzilishining tolaligi va juda ingichka ham mustahkam tolalarga parchalanish xususiyati bilan xarakterlanadigan xrizolit-asbest ko‘rinishida uchraydi. Asbest tolalarining uzunligi millimetr ulushidan 40 mm gacha o‘zgaradi. Tolalarining tashqi diametri 4000 nm atrofida bo‘ladi. Asbest tolasi qanchalik uzun bo‘lsa, uning navi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Asbestsement buyumlar ishlab chiqarish uchun 3, 4, 5 va 6 navli asbest tolalaridan foydalanilib, ularning uzunligi 0,01…10 mm atrofida bo‘ladi.
Asbestotsement buyumlarni tayyorlashda markasi 400 va 500 bo‘lgan maxsus asbestsement portlandsementi ishlatiladi yoki buyumlarni avtoklav usulida ishlab chiqarishda tarkibida 50 % maydalangan qumi bo‘lgan qumli portlandsement tavsiya qilinadi. Qoplash buyumlarini tayyorlash uchun rangli sementlardan ham foydalaniladi.
Asbestsement buyumlarni ishlab chiqarishda ko‘p suv sarf qilinadi. Suvning bir qismi qorishma tayyorlash uchun sarf qilinsa, qolgan qismi quyuvchi mexanizmlarni yuvishi uchun sarf bo‘ladi. Asbestsement buyumlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan suv tarkibida organik moddalar, loy va tuz aralashmalari bo‘lmasligi kerak. Suvning harorati 20…25 0C bo‘lganda asbestsement qorishma tayyorlash va buyumlar ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘ladi.
Asbestsement varaqalarining rangini o‘zgartirish uchun rangli sementlar yoki ishqorlarga chidamli mineral qo‘shimchalar (pigmentlar) kiritiladi. Sanitar- texnika kabinalari va oshxona buyumlari suv o‘tkazmaydigan emallar yoki loklar bilan qoplanadi. Bunday pigmentlar va qo‘shimchalar asbestsement buyumlarining sifatini yaxshilaydi, tashqi muhit ta’siriga chidamliligini oshiradi, ko‘rinishini chiroyli qiladi va boshqalar.
Asbestsement buyumlarning turiga qarab qorishma tarkibi quyidagicha belgilanadi: varaqa buyumlar uchun asbest miqdori 10…18 % va sement 82…90% (massasi bo‘yicha), quvurlar uchun esa tegishlicha 15…21 % va 79…82 %.
Asbestsement buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi
Asbestsement buyumlar ishlab chiqarish quyidagi jarayonlardan iborat: asbestni ingichka tolalar hosil bo‘lguncha ezish va bo‘tqa hosil qilish; asbestsementli suyuq qorishmani hosil qilish; qorishmani filtrdan o‘tkazib yupqa qatlamni ajratish; qoliplash mashinalarida buyumlarni qoliplash, dastlabki qotirish va mexanik ishlov berish; qoliplangan buyumlarni bug‘xonalarida, suv
havzalarida, avtoklavlarda qotirish va talab qilinadigan mustahkamlikka erishguncha maxsus omborlarda ushlab turish (2.29-rasm).



Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin