Kompressorning tuzilishi va ishlashini tahlil qilish reja



Yüklə 110,29 Kb.
səhifə1/4
tarix03.05.2023
ölçüsü110,29 Kb.
#106735
  1   2   3   4
Kompressorning tuzilishi va ishlashini tahlil qilish



Kompressorning tuzilishi va ishlashini tahlil qilish


REJA:



    1. Asosiy tushunchalar.

    2. Bir bosqichli porshenli kompressorlar.

    3. Ko`p bosqichli porshenli kompressor.



ADABIYOTLAR

  1. Nashokin V.V. Texnicheskaya termodinamika i teploperedacha M., 1980. 217-227 b.

  2. Larikov N.N. Teplotexnika. M.,1986 y. 121-136 b.

  3. Asraev R.A., efendiev A.M., Safarov R.T. Issiqlik texnikasi. Buxoro 2001 y. 74-79 b.

7.1 ASOSIY TUSHUNCHALAR


Gazni siqish va haydash uchun mo`ljallangan mashinalar kompres­sorlar deyiladi.


Kompressorlar xalq xo`jaligida qo`llanilayotgan zamonaviy texnikalarda keng foydalanilmoqda. Ayniqsa kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, temir yo`li, aviatsiya sanoatlarida, gaz-turbinali dvigatellarda va sovitish qurilmalarida kompressorlar keng ishla­tiladi.
Ishlash printsipi va tuzilishiga ko`ra kompressorlar hajmiy va parrakli kompressorlarga bo`linadi.
Hajmiy kompressorlarda gaz bosimi uning hajmini majburiy kamaytirish hisobiga ko`payadi. Hajmiy kompressorlar jumlasiga por­shenli rotatsion va vintaviy kompressorlar kiradi.
Parrakli kompressorlarda gazning bosimi kompressorning g’ildiraklari aylanganida vujudga keladigan inertsion kuchlar ta`sirida ko`payadi. Ular trubokompressorlar ham deyiladi va markaz­dan qochma hamda o`qiy kompressorlariga bo`linadi.
Porshenli kompressorlar miqdori unchalik katta bo`lmagan gaz­ni katta bosimlargacha siqishda ishlatiladi. Trubokompressorlar esa buning aksicha gazni nisbatan past bosimlarda (0,15-1,5MPa atrofida) uzatib berish uchun mo`ljallangan .
Kompressorlar bir-biridan konstruktsiyasi va siqish printsipi­ga ko`ra farq qilishiga qaramasdan siqish protsessi termodinamikasi ularda bir xil bo`ladi.

7. 2 BIR BOSQICHLI PORSHENLI KOMPRESSORLAR


Kompressorlarda sodir bo`ladigan protsesslarni tekshirish va tahlil qilish uchun, ish printsipi oddiyroq bo`lgan bir bosqichli porshenli kompressorlarni ko`rib chiqamiz (7.1-rasm).









    1. - rasm.

U tsilindr 1 va ichida harakatlanadigan porshen’ 2 dan ibo­rat. TSilindr devori ichi bo`shliq 6 dan iborat bo`lib unda sovituvchi suv aylanma harakat qiladi. Porshen’ shatun 3 vositasida krivoship 4 orqali kompressorning tirsakli vali 5 bilan birlashtirilgan va ilgarilama-qaytma harakat qiladi.
Porshen’ chapdan o`ngga siljiganda kompressor tsilindrida siy­raklanish vujudga keladi. Tevarakdagi muhitning bosimi ta`sirida so`rish klapani 7 ochiladi va tsilindrga siqilishi lozim bo`lgan gaz to`ladi.
Porshen’ o`ngdan chapga tomon siljiganida so`rish klapani yopila­di va porshen’ tsilindrdagi gazni siqadi. Siqilgan gaz haydash kla­pani 8 ochilib tsilindrdan itarib chiqariladi va gaz yig’gichga haydaladi, undan esa iste`molchiga beriladi.
Bunda kompressorning ish protsessi porshenning ikki marta harakatlanishida amalga oshadi, bu esa valning bir marta aylanishiga muvofiq keladi.
Nazariy (ideal) bir bosqichli kompressorni ishlashini ko`rib chiqamiz.
Ishqalanishni engishga sarf bo`ladigan ish yo`q, tsilindrning geo­metrik hajmi foydali ish hajmiga teng va qoldiq bo`shliq hajm hosil kilmaydi, deb faraz qilamiz. Gazni tsilindrga so`rish va yig’gich­ga haydash o`zgarmas bosimda amalga oshadi.







Yüklə 110,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin