7.3-rasm.
P
V
7.4-rasm.
7.3-rasmda uch bosqichli porshenli kompressorning sxemasi, 7.4-rasmda esa undan sodir bo`ladigan protsessning RV diagrammasi ko`rsatilgan.
Gaz 0-1 protsessida past bosimli tsilindr TS1 ga so`rilib, 1-2 politropa bo`yicha R2 bosimgacha siqiladi va sovitkich S1 ga o`tadi.
Gaz sovitkichda o`zgarmas bosimda dastlabki temperaturasi t1 gacha sovitilib, ikkinchi bosqich TS2 ga beriladi va bu erda politropa 2-3 bo`yicha R3 bosimgacha siqiladi. Siqilgan bosqich TS2 da gaz politropa 2-3 bo`yicha R3 bosimgacha siqiladi. Siqilgan gaz sovitkich S2 ga o`tadi va t1 temperaturagacha soviydi. Uchinchi bosqich TS2 da gaz politropa 3-4 bo`yicha oxirgi bosimgacha siqiladi. So`ngra sovitkich S2 ga va undan iste`molchiga o`tadi.
Ko`p bosqichli kompressorning har bir keyingi bosqichida tsilindrdagi gazning siqilishdan oldingi temperaturasi dastlabki temperaturasi t bilan bir xil bo`ladi,siqilgandan keyingi temperaturasi esa kompressor moyining o`z o`zidan alangalanish temperaturasidan oshmaydi.
Ko`p bosqichli siqish natijasida qoldiq hajmning kompressor ishiga salbiy ta`siri kamayadi: Gazni siqishga sarflanadigan ish shtrixlangan yuza kattaligi qadar kamayadi, chunki bir bosqichli siqishda politropa 1-2 chiziq 1-2-5 bo`yicha nuqta 5 ga qadar davom etgan bo`lur edi. Gaz bo`yicha izotermik siqilganda eng kam ish sarflangan bo`lur edi. Siqish bosqichlari sonini ko`paytirish siqish protsessini izotermik protsessga ancha yaqinlashtiradi. Lekin bosqichlari sonini ko`paytirish siqish protsessini izotermik protsessga ancha yaqinlashtiradi. Lekin shu bilan birga kompressorning konstruktsiyasi murakkablashadi, mexanikaviy va gidravlik isroflar ko`payadi.
Gazni tsilindrda siqishda va uni oraliq sovitkichda sovitishda olinadigan issiqlik miqdori ma`lum formulalar orqali topiladi:
(7. 5)
(7. 6)
Kompressor valida sarflanadigan samarali quvvat quyidagiga teng:
(7. 7)
bu erda: G -kompressor unumdorligi, kg/s;
l - bir bosqichli 1 kg gazni siqishga sarflanadigan nazariy ish
miqdori, j/kg;
m - kompressor bosqichlari soni;
- mexanik f.i.k.
Dostları ilə paylaş: |