Kompyuter arxitekturasiga oid atamalar. Elektron hisoblash mashinalari


Kommunikatsiya, kommunikatsiyalar ingl.: communication rus



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə11/17
tarix20.05.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#118360
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Kompyuter arxitekturasiga oid atamalar. Elektron hisoblash mashi

Kommunikatsiya, kommunikatsiyalar ingl.: communication rus.: kommunikasiya, kommunikasii 1. Aloqa, xabar, aloqa vositasi, axborot, axborot vositasi, tutashma, muloqot, ulanish.
Telekommunikatsiyalar. Faoliyat sohasi - axborot uzatish usullari va vositalari.
Kompyuter tili ingl.: computer language rus.: kompyuternыy yazыk Kompyuterlar va kompyuter texnikasi bilan bog‘liq, odatda tillarga tegishli tushuncha. Bu tushuncha ko‘proq dasturlash tili tushunchasiga mos keladi, lekin bunday moslik bir ma’noli emas. Masalan, markerlash tillari (HTML kabi) dasturlash tillariga kirmaydi, ammo aniq kompyuter tillariga tegishli.


Kompyuter tizimi ingl.: computer system rus.: kompyuternaya sistema Markaziy kompyuter va unga aloqador chekka qurilmalar, konsol kompyuterlar, disk massivlari, lentali tashuvchilar, ma’lumotlarni robotlashgan saqlash tizimi va shunga o‘xshashlar.


Kompyuter tezligi ingl.: computer speed rus.: bыstrodeystviye kompyutera Mashinaning markaziy protsessorlari tomonidan bir sekundda bajarilayotgan elementar amallar soni. Zamonaviy kompyuterlar tezligi sekundiga bir necha milliard amallarga yetadi.
Mikrosxema ingl.: microcircuit rus.: mikrosxema Elementlari konstruktiv va texnologik ravishda birlashtirilgan mayda elektron qurilma.
Minikompyuter ingl.: minicomputer rus.: minikompyuter Ma’lumotlarga ishlov berish imkoniyatlari cheklangan kompyuter. Minikompyuterlar 1960-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. Asosiy kompyuterga qaraganda minikompyuter uzunligi kamroq bo‘lgan so‘zlar bilan ishlaydi, cheklangan tezkor xotira va nisbatan katta bo‘lmagan tezlikka ega.
Neyron kompyuteri ingl.: neural computer rus.: neyronnыy kompyuter Bir-biriga bog‘langan elektron neyronlar tarmog‘idan tuzilgan kompyuter turi. Ushbu mashinalar o‘rganish uchun yaratilgan va dasturlashtirish uchun yaratilmagan. Dizayni va faoliyati bo‘yicha ular inson miyasiga o‘xshaydi. Miyadagidek, neyronlar bir-biriga minglab moslashtiriladigan kanallar orqali signallar jo‘natadi. O‘rganish jarayoni davomida mashina kanallarni sozlaydi. O‘zini sozlangandan keyin mashina yozuv yoki ovozni tushuna oladi.
Parallel port ingl.: parallel port rus.: parallelnыy port Printer kabi tashqi qurilmani ulash uchun ishlatiladigan parallel interfeys. Ko‘pincha shaxsiy kompyuterlar parallel porti ham, kamida bitta seriyali portga ham ega. Shaxsiy kompyuterlarda parallel port 25 tilchali (DB-25 turli) qo‘shgichga ega bo‘lib, printerlar, kompyuterlar va boshqa nisbatan katta o‘tkazish qobiliyatini talab qiluvchi qurilmalarni ulash uchun ishlatiladi.
PCI Express. Kiritish/chiqarish me’moriy tuzilmasining uchinchi avlodi (ISA va PCI birinchi va ikkinchi avlodni bildiradi). PCI Express – bu kiritish/chiqarish tizimlari uchun ketma-ket ulanishning hammabop, yuqori tezlikdagi texnologiyasi. Dastlabki o‘tkazish qobiliyati 2,5 Gbit/s ga teng, ma’lumotlarni uzatish yo‘l-yo‘lining turli kengligini qo‘llab-quvvatlaydi (1dan 32gacha ma’lumotlar liniyalari) va mis kabelining tavsifnomalariga ko‘ra kengaytiriladi. PCI Express stolusti va mobil kompyuterlar, serverlar, kommunikatsiya qurilmalari, ish stansiyalari va ichiga o‘rnatilgan qurilmalarning kiritish/chiqarish me’moriy tuzilmasini birlashtirish imkonini berib, PCI va USB bilan
uyg‘un qurilmalar bilan o‘zaro ishlash imkonini beradi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin