PCI shinasi ingl.: PCI (Peripheral Component Interconnect) bus. rus.: shina PCI Kompyuterga tashqi qurilmalar ulash uchun mo‘ljallangan shina. Obyektlarning o‘zaro ishlashi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, markaziy protsessor ishtrokisiz amalga oshiriladi. PCI 32-razradli bo‘lib, uni 64 razradligacha kengaytirish imkoni bor. O‘tkazish qobiliyati cho‘qqisi 32 razradli shina uchun 132 Mbayt/s.ni va 64 razradli uchun 300 Mbayt/s ni tashkil qiladi. Shina mahalliy tarmoq bilan yaxshi ulanadi.
Registr ingl.: register. rus.: registr Informatikada registr deganda, kompyuterning tarkibiy qismlari orasida jo‘natiladigan, cheklangan o‘lchamli kodlarni vaqtincha saqlashga mo‘ljallangan oddiy qurilma tushuniladi. Registrning muhim xossasi, ma’lumotlarni qabul qilish va berishda yuqori tezlikka ega bo‘lishidir. Registr uyalardan iborat, ularga so‘z, buyruq, ikkilik sanoq tizimida berilgan son va boshqalarni yozish, eslash va o‘qib olish mumkin. Ko‘pincha, registr kompyuter ishlaydigan so‘z o‘lchami bilan bir o‘lchamga ega. Ixtiyoriy registrning ish tezligi, u saqlay oladigan bitlar soni bilan belgilanadi. Registrlarni boshqarish, odatda, mikrodasturlash vositalari bilan bajariladi.
SDRAM qisq.: Synchronous Dynamic RAM Sinxron dinamik TXQ. SDRAM mikrosxemalarida ketma-ket tanlash paytida ma’lumotlarni olish vaqti nanosoniyalarda ko‘rsatiladi. Aslida esa sinxron xotira mikrosxemalari qobiqlaridagi raqamlar ushbu xotira ishlay oladigan tizim shinasining eng ko‘p takt chastotasini ta’minlaydi. SDRAM tezkorligi va shina takt chastotasi muvofiqligi jadvalda quyida keltirilgan: Xotira tezkorligi, ns: 12, 10, 8, 7 Shinaning eng ko‘p chastotasi, MGs: 83, 100, 125, 133
Trigger ingl.: trigger rus.: trigger Qurilma. U ikki barqaror holatga ega bo‘lgan qurilma. Bu holatlarning birini ixtiyoriy vaqt davomida saqlashi va kirish signali ta’sirida boshqa barqaror holatga o‘tishi mumkin. Ikkidan ortiq barqaror holatlarga ega, ko‘p barqarorli element deb ataluvchi qurilmalar ham mavjud Ularning ish tamoyili turli fizika hodisalaridan biriga asoslanadi. Kompyuterlarda asosan, elektron hodisalarga asoslangan ikki barqaror holatli triggerlar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |