Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi. Kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari. Sistema bloki



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/6
tarix19.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#117070
1   2   3   4   5   6
2-ma\'ruza taqdimoti

KOMPYUTER AVLODLARI
1–avlod (1940-1950). Bu kompyuterlar XX asrning 40-yillarida paydo
bo`lgan. Edison tomonidan 1883 yil vakuumdagi to`k o`tkazish mumkinligini kashf qilinganiga qaramay. 1904 yili Fleming birinchi vakum diodli elektron lampani qurdi. Keyinchalik Li de Forrest vakuumniy triod kashf etdi, keyin gaz to`latilgan elektron lampa – tiratron kashf qilindi. 30-yillargacha elektron vakumli va gaz to`latilgan lampalar radiotexnikada ishlatilgan. Lekin 1931 yilda ingliz olimi Vinni-Vilyams (fizik eksperimentlar uchun) elektr impulsli tiratron schetchik ishlab chiqdi, shu bilan u elektron lampalarga yangi yo’nalish ochib berdi. EHMda elektron lampalar ishlatilishi juda katta muammolar keltirib chiqarardi. Lampalarning uzunligi 7 sm bo’lganligi uchun mashina xajmi juda katta bo`lardi. Har 7-8 minutda bir lampa ishdan chiqardi, undagi lampalar 15 - 20 mingta bo`lishini hisobga olsak kuygan lampani topib almashtirishga juda ko`p vaqt ketardi. Bundan tashqari ular o`zidan juda katta issiqlik energiyasi chiqarardi, uni ishga solish uchun maxsus sovutgichlar kerak edi. 1-avlod kompyuterlariga Mark 1, ENIAC, EDSAC (Electronic Delay Storage Automatic Calculator), UNIVAC (Universal Automatic Computer) misol bo’la oladi.
2– avlod (1950-1965). "Nyu-York Tayms" gazetasining 1948 yilning 1 iyulida "Bell telefon laboratoriz" firmasi elektron lampa o’rnini bosa oladigan elektron qurilma ishlab chiqarganini e'lon qiladi. Fizik-teoretik Djon Bardin va mazkur firmaning eksperimentatori Uolter Braytten birinchi tranzistor yaratishdi. Tranzistorga asoslangan birinchi kompyuterlar 50-yillarning oxirlarida paydo bo`ldi. 60-yillarda tashqi tomondan ancha kichikroq kompyuterlar paydo bo’ldi. Digital Equipment firmasi 1965 yilda birinchi xolodilnikka teng keladigan qiymati atigi 20000$ ni tashkil qiladigan mini-kompyuter PDP-8 ni yaratdi. Tranzistorning eng qulay jixati shunda ediki 1 ta tarnzistor 40 ta elektron lampalar o`rnini bosa olardi. Kompyuterdagi eng katta yangilik tezligining bir sekundga million operatsiya bajara olishi bo’ldi. Tranzistorli kompyuterlar oilasiga "Stretch" (Angliya), "Atlas" (SShA). Usha davrdagi "BESM-6" (SSSR) ni kiritish mumkin.
3–avlod (1965-1975). Tranzistorlar o’ziga yarasha ikkinchi avlod kompyuterlarini keltirgan bo’lsa uchinchi avlod kompyuterlari yaratilishiga sabab integral sxemalar bo’ldi. Integral sxema (uni yana kristall-deb ham atashadi), usti kremni kristalidan iborat bo`lib, 10 mm2 xajmga ega edi. Birinchi integral sxemalar (IS) 1964 yil paydo bo’ldi. Boshida ular faqat kosmik va harbiy sohada ishlatildi. Hozir esa ularni har qayerda uchratish mumkin (avtomobil, Kir yuvish moshinasi va x.k.). Kompyuterlarga keladigan bo’lsak IS siz ularni tasavvur etib bo`lmaydi! Bitta IS 1000 tranzistorning o`rnini bosa olardi. Bir so’z bilan aytganda kichkina bir kristall 30-tonnali Eniakning vazifasini bajara oladi! Uchinchi avlod EHMning ishlash tezligi 2-avlod kompyuterlariga nisbatan 100 baravar oshdi.
4–avlod (1975-1990). Katta integral sxemalar, kristalda bir necha IS lar o`rnatish
mumkinligini isbotlanganligi bilan boshlangan. Mikroelektronikaning o`sishi bitta kristallda minglab integral sxemalar joylashga imkon berdi. 1980 yilga kelib, uncha katta bo`lmagan kompyuterning markaziy protsessorini 1,61 sm2 ga o`rnatish mumkin ekanligini ishlab chiqishdi. Mikrokompyuterlar davri boshlandi. Zamonaviy mikro EHMlar uchinchi avlod kompyuterlaridan 10 baravar tezroq ishlaydi.
Beshinchi avlod (1990 - …). To'rtinchi avlod kompyuterlarining gullab-yashnagan davri 80-yillarning o'rtalari va oxirlari edi. Ammo 90-yillarning boshlarida IT-bozorida parallel-vektorli arxitekturaga ega mikrosxemalar paydo bo'ldi.
Kompyuterlarning beshinchi avlodi - bu mashinalar mahsuldorligining yildan-yilga
o'sish sur'ati. Agar 90-yillarning boshlarida bir necha o'nlab megagertsli mikroprotsessorlarning soat chastotasi yaxshi ko'rsatkich deb hisoblangan bo'lsa, 2000- yillarning boshlarida gigagertsda hech kim hayratlanmagan. Hozir biz foydalanadigan kompyuterlar, IT mutaxassislari ishonganidek, bu ham kompyuterlarning beshinchi avlodi. Beshinchi avlod shaxsiy kompyuterlari nafaqat hisoblash mashinalari, balki to'laqonli multimedia vositalari bo'lib qoldi. Ular filmlarni tahrirlash, tasvirlar bilan ishlash, ovoz yozish va qayta ishlash, muhandislik loyihalarini yaratish va real 3D o'yinlarni boshqarish imkoniyatini yaratdilar.
Oltinchi avlod xususiyatlari
Yaqin kelajakda biz kompyuterlarning 6-avlodi paydo bo'lishini kutish huquqiga egamiz. Bu mikrosxemalar arxitekturasida neyron elementlardan foydalanish,
taqsimlangan tarmoq ichida protsessorlardan foydalanish bilan tavsiflanadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin