Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi. Kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari. Sistema bloki



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/6
tarix19.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#117070
1   2   3   4   5   6
2-ma\'ruza taqdimoti

Xarakteristikalarni taqqoslash
Biz kompyuterlarning avlodlarini o'rganib chiqdik. Quyidagi jadval bizga u yoki bu
toifaga kiruvchi kompyuterlarning o'zaro bog'liqligi va ularning ishlashiga asoslangan texnologik bazada harakat qilishimizga imkon beradi. Bog'liqliklar quyidagicha:

Avlod

Texnologik baza

Tezligi

1

Vakuum lampalar

Bir necha kiloherts

2

Yarimo'tkazgichlar
(tranzistorlar)

Yuz kHz

3

Integral mikrosxemalar

Megahertz

4

Katta va o'ta katta
sxemalar

O'n MGts

5

Parallel vektorli
texnologiyalar

Yuz MGts, Gigagerts

6

Asabiy tamoyillar

O'lchov mezonlari ishlab
chiqilmoqda

Kompyuterlar klassifikatsiyasi
Kompyuter (inglizcha, computer — «hisoblagich») — axborotni uzatish, saqlash va qayta ishlash uchun moʻljallangan qurilma.
Qo`llanilishiga ko`ra kompyuterlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
  • superkompyuterlar;
  • blok kompyuterlar (Mainfreymlar);
  • minikompyuterlar (serverlar);
  • shaxsiy kompyuterlar:
    • ish stoli kompyuterlari;
    • portativ kompyuterlar;
    • cho'ntak kompyuterlar.

    • Superkompyuterlar juda yuqori unumdorlikka ega boʻlgan yirik kompyuterlar boʻlib, ular astrofizika, real vaqt rejimida ob-havoni bashorat qilish, iqlimni modellashtirish, neft va
      gaz xaritalarini yaratish va hokazo kabi hisoblashni talab qiladigan muammolarni hal qilish uchun moʻljallangan.

Blok kompyuterlar (Mainfreymlar) bir vaqtning o'zida katta hajmdagi ma'lumotlarni va bir necha ming foydalanuvchilarning so'rovlarini qayta ishlay oladigan yuqori tezlik va katta hisoblash resurslariga ega katta kompyuterlardir. Mainfreymlar bitta korpusga ega - terminallar ulanishi mumkin bo'lgan shkaf o'lchamli tizim bloki (terminal monitor va klaviaturadan iborat). Mainfreymlar katta ma'lumotlar bazalarini saqlash va qayta ishlash uchun, shuningdek, bir vaqtning o'zida ko'p sonli kirishga ega bo'lgan katta Internet tugunlari uchun ishlatiladi. Bularga misol sifatida AQSH ning CRAY (kray), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterlarini keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (Serverlar) - bu kompyuter tarmoqlarida markaziy tugunlar bo'lib xizmat qiladigan kompyuterlar. Tarmoqning ishlashini boshqarish uchun serverlarga dasturiy ta'minot o'rnatilgan. Serverlar tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar foydalanishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni saqlaydi. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqa mini kompyuterlar misol bo‘la roladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin