O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
"Kompyuter tizimlari" kafedrasi
"Kompyuter arxitekturasi” fanidan
Mavzu: Mikroprotsessorlarning rivojlanish tendensiyalari.
Bajardi: _____________
Qabul qildi: Axrorov M.
SAMARQAND – 2020
Kompyuter bilan ishlaganda asosiy ko‘zni toliqtiruvchi narsa bu — monitordir. Chunki siz, protsessor yoki operativ xotiraga qarab ishlamaysiz, faqat monitorga qaraysiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, monitor foydalanuvchiga qulay bo‘lishi lozim.
Bu maqolada, aynan monitorni qanday tanlash kerakligini ko‘rsatib o‘taman(tanlov faqat monitorning LCD turi bo‘yicha amalga oshiriladi), bunga jiddiy e’tibor berish kerak zero bu qurilma arzon ham emas. Demak, monitor sotib olishda quyidagi parametrlarga e’tibor berish kerak(monitor turlari haqida).
1. Ekran o‘lchami. Dastlab monitor ekraniga e’tibor bering, bu parametr dyumda o‘lchanadi va diagonal bo‘yicha hisoblanadi(1 dyum = 2.54 sm). Katta o‘lchamdagi monitor kinolar ko‘rish, o‘yinlar o‘ynash, bir necha oynalar bilan bir paytda ishlash jarayonida juda qulay hisoblanadi, lekin katta o‘lchamdagi monitor katta elektr energiyasini talab qiladi, undan tashqari quvvati katta videokarta ham kerak bo‘ladi.
Agar kompyuter biroz eskiroq bo‘lib, 24 dyumli monitor ulasangiz, biroz qotib qolishlarni ko‘rishingiz ham mumkin. Doimiy ishlash uchun, 18-18,5 dyumli monitor mening fikrimcha eng yaxshi variant, agar haqiqiy o‘yinchi(geymer) bo‘lishni istasangiz, 27 dyumliligini oling, lekin qimmat turadi.
2. Monitor formati. Hozirgi kunda asosan quyidagi formatlar mavjud: 4:3, 5:4, 16:9, 16:10. Bu formatlar monitor o‘lchamlarini ham anglatadi, 4:3 va 5:4 formatlar kvadrat ko‘rinishiga ega bo‘lib, bunday formatli monitorga talab katta emas. 16:9, 16:10 formatdagi monitorlar keng formatli(shirokoformatnie) monitor hisoblanadi, ularning bo‘yi, uzunligiga qaraganda kichikroq o‘lchamga ega.
Keng formatli monitorlarda kinolar ko‘rish juda qulay hisoblanadi, past va yuqori qismida qora lenta paydo bo‘lmaydi. Ko‘p o‘yinlar ham aynan keng formatli monitorlar uchun mo‘ljallangan. Kvadrat monitorlar asosan ofis ishlari uchundir. Demak, qilinadigan ishga qarab bu xarakteristika tanlanar ekan, menga qolsa albatta keng formatli monitorni olar edim.
3. Ekranga ruxsat etilgan maksimal o‘lcham(razresheniye ekrana). Ekran o‘lchami pikselda o‘lchanib, xarakteristikada gorizontal va vertikal piksellar soni yoziladi. Misol uchun, 1920×1080. Bu degani, 1920 ta gorizontal, 1080 ta vertikal piksellar mavjud. Piksellar soni qancha katta bo‘lsa, monitordagi ob’yektlar shuncha aniq bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham, yodda tutish lozim, katta o‘lchamdagi monitorlar(misol uchun 1600×1200)da aniqlik katta lekin, ob’yektlar kichikroq ko‘rinishda bo‘ladi, kichik o‘lchamdagi monitorlarda esa, aniqlik kamroq, lekin ob’yektlar katta ko‘rinishda bo‘ladi, yana sozlashga ham bog‘liq.
Hozirgi kunda, ko‘p monitorlarda bu xarakteristika monitorga yozilib chiqilmoqda. Bu tanlov uchun qulaydir. Odatda quyidagi standart bilan ish olib borish mumkin:
19 dyuym ekran uchun(3:4): 1280×1024 piksel
20 dyuym ekran uchun(3:4): 1600x1200 piksel
22 dyuym ekran uchun(16:9): 1680x1050 piksel
24 dyuym ekran uchun(16:9): 1900x1200 piksel
Video fayllarning formati quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi:
DV(SD) — 720×576
HD — 1280×720
Full HD — 1920×1080
4. Ko‘rinish burchagi(ugli obzora). Siz monitordagi ob’yektlarni ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan maksimal burchak. Shu burchakdan ko‘rinish o‘zgarsa, monitordagi ob’yektlar yomon ko‘rinishi yoki umuman ko‘rinmasligi mumkin. Eng yaxshi burchak(yeffiktiv) 180 gradusdir, ya’ni 180 gradus orqali monitordagi ob’yektlarni ko‘rish mumkin. Bu parametr har xil: 178, 170, 160 va hakazo.
Demak, iloji boricha 180 gradus ko‘rinish burchagini olishga harakat qilish lozim.
5. Suyuq kristal matritsaning turi. Monitor asosi(LCD)suyuq kristallardan tashkil topgan, barcha shu tipdagi monitorlar bitta texnologiya bo‘yicha yaratilgan(TFT — Thin Film Transistor), lekin bundan boshqa yana qo‘shimcha texnologiyalar ham kiritilgan. Bu texnologiyalar quyidagilar:
— TFT IPS (versiyalari —TFT S-IPS, TFT H-IPS, TFT UH-IPS, TFT E-IPS, TFT P-IPS ). Grafik va o‘yin o‘ynovchilar uchun qo‘shimcha kiritilgan texnologiya. Bu turdagi matritsalarning ko‘rinish burchagi katta, ranglar aniq, shu sababli qimmatroq.
— TFT MVA (versiyalari:TFT PVA, TFT S-PVA ). Yuqoridagiga qo‘shimcha ravishda, aniqlik darajasi va «kontrastnost» yuqori.
— TFT TN (Twisted Nematic). Dastlabki texnologiyalardan biri, kamchiligi yetarli darajada, aniqlik darajasi kam va «bit piksellar» paydo bo‘lishi mumkin, lekin arzonroq.
Tanlov jarayoniga kelsak, albatta TFT IPS eng keng tarqalgani va yaxshisidir.
6. Javob qaytarish vaqti(vremya otklika). LCD monitorlar suyuq kristallardan iborat, kristallarning harakati oqibatida monitordagi tasvirlar o‘zgaradi. Bu o‘zgarish uchun ma’lum bir vaqt talab qiladi, shu vaqt qancha kichik bo‘lsa, tasvirlarning almashinishi shuncha tez va bilinmas bo‘ladi. Agar kristallar o‘zgarishiga biroz ko‘p vaqt talab qilinsa, qandaydir qolib ketishlar bo‘lishi mumkin(baribir unchalik sezilmaydi). Bu xarakteristika aynan, kristallarning o‘zgarishiga ketadigan vaqtidir. 2-8 ms oraliqni ko‘z ilg‘amaydi, bemalol bunday ko‘rsatkich bilan olish mumkin.
7. Monitor ulanishi mumkin bo‘lgan portlar. Monitorni ulash mumkin bo‘lgan eng asosiy portlarning mavjudligi, siz uchun eng asosiy portlar: HDMI, DVI, agar biroz eskiroq video karta bo‘lsa VGA. Zamonaviy monitorlarga USB Portlari ham o‘rnatilmoqda. Eng asosiysi HDMI port bo‘lishi lozim(zamon talabi), bu port raqamli signallar bilan ishlaydi.
8. 3D grafiklar bilan ishlay olishi, bu sizning ixtiyoringizga bog‘liq. Shuni bilinki, hozirgi zamonaviy kinolar 3D formatda chiqmoqda. Bu unchalik muhim xarakteristika emas.
Dostları ilə paylaş: |