Axborotlarni tasniflashda quyidagicha amalga oshirish mumkin: Bajaradigan vazifasiga ko‘ra:Direktiv axborot, hisobot ko‘rinishidagi axborot, nazorat qilish bo‘yicha axborot
Axborot va axborot taxnologiyalaring shakllanishi kibernetika g‘oyasining shakllanishiga olib keldi. Kibernetika g‘oyasining asosiy ma’nosi, aloqa va boshqarish jarayonlarnni urganishdan iborat. Bu yerda aloqa inofrmasion xodisa ma’nosida, ya’ni informatsion jarayonni amalga oshirish ma’nosida "tushuntiriladi. Bu xol "informatsiya" tushunchasi kibernetika uchun eng muxim nazariy tushunchalardan biri ekanidan dalolat beradi.
Kibernetika materialistik dialektikaning kupgina prinsip va kategoriyalarini rivojlantirish uchun boy material yaratib beradi. Falsafiy kategorialarga yakin bo‘lgan informatsiya esa, uz navbatida, boshqarish, optimallashtirish va shu kabi kategoriyalarni chukurrok tushunish imkonini tug‘dirmokda. Demak, Kompyuter falsafasining asosiy tushunchasi "informatsiya"-eng umumiy fan bo‘lgan falsafa uchun eng muximdir.
Kompyuter va axborot texnologiyalari inqilobining jadallashuvi "Inson-mashina muhit"ining shakllanishiga olib keldi. "Inson-mashina muhit" majmuasida uzaro mutanosiblik muhim o‘rin tutadi. Bunday borliq muammolarni astoydil ishlab chiqish alohida fan darajasiga ko‘tarilmoqda. Fanning bu eng yangi tarmog‘ini "ergonika" deb atalmoqda "Ergos"- yunoncha "inson" degan so‘zdir. Bu bilan "inson mashina muhit" majmuasida inson mavqei birinchi o‘rinda ekanligini ta’kidlash kuzda tutilgan.
Insonning ruhiy va fiziologik imkoniyatlarini hisobga olmasdan yaratilgan mashina xamisha xavf tug‘dirishi mumkin. AQSh da aviasiya halokatining uchdan bir qismi mana shu "insoniy faktor" ning hisobga olinmasligi oqibatida yuz berishligi aniqlangan. Haqiqiy gumanist kashfiyotchilar "inson mashina-muhit" majmuasini doim yodda tutadilar.