Qatlamlarnivaqtincha ekrandan olib qo`yish. Fikserlangan qatlamni muharrirlash mumkin emas. Qatlamda joylashgan
obyektlar ekranda ko`rinish beradi. Agarda foydalanuvchiga bu qatlam kerak bo`lmasa uni ekrandan olib qo`yish mumkin. Buning uchun qatlamni ekrandan vaqtincha o`chirib qo`yish imkoniyatlari mavjud. Диспетчер объектов (Object Manager) satridagi Свойства слоя (Layer Properties) oynasidagi Видимые (Visible) bayroqchasini belgilash (olib tashlash) orqali amalga oshiriladi.
Мастер слоя (Master Layer)dan foydalanish. Qatlamning xossasi Мастер слоя (Layer Properties) oynasidan Мастер слоя
(Master Layer) ga bayroqcha qo`yadi yoki kontekst menyudagi Мастер слоя (Master) buyrug`ini xohlagan qatlamini Мастер слоя ga aylantiradi. Uning vazifasi ko`p sahifali hujjatlardagi hamma sahifalar joylashgan obyektlar ko`rinadigan holga keltiriladi.
Agarda faqat joriy sahifada ko`rinadigan holga keltirish kerak bo`lsa, Применить свойства слоя только к текущей страницы (Apply all property changes to the current page only)ga bayroqcha qo`yish orqali amalga oshiriladi. Obyektlarni bitta qatlamdan ikkinchi qatlamga ko`chirish Har xil qatlamlarda joylashgan obyektlarni ko`chirib, ulardan nusxasini olsa bo`ladi. Buning uchun menyuning satridagi Переместить на слой (Move To Layer...) va Копировать на слой (Copy To Layer...) buyruqlaridan foydalaniladi. Amal bajarilganda ekranda qatlam nomini ko`rsatuvchi yo`nalishi chiqariladi.
Agarda obyektlarni joriy qatlamdan ko`chirish kerak bo`lsa, u sichqoncha bilan amalga oshiriladi. Buning uchun obyekt yoki obyektlar to`plamini tanlash kerak va sichqoncha yordamida ko`chirish kerak bo`lgan joyga olib borib qo`yiladi.
Rang effektlari. CorelDRAW dasturining asosiy maqsadi rangli effektlar yaratish bo`lib
hisoblanadi. Bu effektlar nafaqat nuqtali tasvirlar, balki vektorli tasvirlar uchun ham ishlatiladi. Эффекты (Effects) menyusidagi Цветовые настройка (Color Adjustment) buyrug`i ro`yxatni chiqaradi va bu yerda shulardan oltitasi vektorli obyektlarga tegishli.
Яркость-Контраст-Интенсивность (BrightnessContrast-Intensity) filtri tasvirlarni rang tonlarini sozlaydi. Яркость (Brightness) maydoni yorug`lik tushishini o`zgarish diapazonini ko`rsatadi, Контраст (Contrast) maydoni – ochiq va to`q rangli tonlarini o`zgarishini beradi, Интенсивность (Intensity) maydoni bo`lsa – ochiq tonlar o`zgarishini beradi (to`q ranglar o`zgarmaydi).
Цветовой баланс (Color Balance) filtri belgilangan obyekt ranglarini o`zgarishini bildiradi. Bu effektni qiyin tomoni bitta rangni o`zgarishi ranglarning balansini bosib, boshqa ranglarning o`zgarishiga olib keladi.
Гамма (Gamma) filtri yorug`lik va kontrast nisbatlarini o`rtacha ton diapazonida qarab, soyalar va yorug`lik tushishini sozlaydi. Agarda hech narsa tanlanmasa 1 soni qabul qilinadi, ya’ni tasvirga ta`sir qilganda o`zgarmaydi. Agarda gamma ranglar soni ortib borsa oqaradi, teskari bo`lsa qoralashadi.
Цветовой тон/Насыщенность/Светлота (Hue/Saturation/Lightness) filtri rang toni va uning to`yinganligini o`zgartiradi.
Негатив (Invert) filtri negativ ranglarni olishga yoki rastrli tasvirlarni olishga mo`ljallangan. Oq va qora ranglar bir-biri bilan almashtiriladi.
Постеризация (Posterize) filtri rangli ottenkalarni kamaytirishga, ya’ni tasvirni bir nechta lokal ranglarga ajratadi. Bu usul grafikada keng foydalaniladi, masalan, banner turida. Bu buyruq tasvirlarni trassirovkaga tayyorlashda ham qo`llaniladi.