SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Grafika turlari va ularning vazifalari?
2. Rastrli grafika bugungi kunda qaysi sohalarda keng qo`llanilmoqda? 3. Fraktal grafika qaysi sohalarda keng foydalaniladi?
4. Tasvirlarni qayta ishlashning asosiy yo`nalishlari ayting.
5. Tasvirlarni tavsiflash vositalari sanab bering.
6. Tasvirlarni tiplari va tavsiflash usullari ayting.
2-Ma’ruza. Grafikaning zamonaviy qurilma vositalari Reja:
1. Zamonaviy qurilmalar
2. Zamonaviy qurilmalarning qo’llanish sohalari
Tayanch so’z va iboralar:Kompyuter grafikasi; Rastr grafika; vektor grafika; AdobePhotoshop; Corel Draw; axborot texnologiya-larining tavsiflanishi; elektron ofis; kompyuter grafikasi; axborot texnologiyalari turlarining o‘zaro aloqasi; multimedia-texnologiya; interfeys;
Grafikaviy tizimlarda zamonaviy qurilma vositalari alohida o`rin egallaydi. Bulardan biri videoadapter qurilmasini ko`rib chiqamiz. Videoadapterlar takomillashishning uzoq yo`lini bosib o`tishdi. Birinchi personal kompyuterlarda monitor sifatida turmushdagi televizorlardan foydalanishdi, hozirgilari esa kompyuterni quvvatli grafikaviy stantsiyaga aylantirmoqda. Bu oraliqda plata va standartlarning bir necha avlodi almashdi. Dastlab MDA
– MonochromeDisplayAdapter (displeyning monoxrom adapteri) standarti paydo bo`ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavit-raqamli informatsiya – harflar va raqamlarni chiqarish qobiliyatiga ega edi. Bunda hech qanday grafika va rang yo`q edi.
MDAni almashtirgan CGA – ColorGraphicsAdapter (rangli grafika adapteri) nafaqat matnli, balki grafikaviy rejimda ham ishladi va berilgan o`n oltita rangdan to`rttasi chiqishini ta`minlab turdi.
EGA – EnhancedGraphics Adapter (yaxshilangan grafika adapteri) 64 rang palitrasidan ekranga chiqadigan ranglarni 16 tagacha yetkazdi va ekranga chiqariladigan grafika sifatini sezilarli yaxshiladi. EGA standarti paydo bo`lishi bilan grafikaviy dasturlardan, jumladan birinchi Microsoft Windows operatsion tizimlaridan, keng foydalanish boshlandi.
VGA – VideoGraphicsArray videostandarti eng qulay, bugungi kungacha foydalanilayotgan bo`lib, asta-sekin SVGA (Super-VGA) standartiga o`tdi. VGAning birinchi platalari 262144 rang palitrasidan 256 rangni ekranga chiqardi. Keyinchalik VGA bilan birga mos keladigan juda ko`p platalar paydo bo`ldi, ularda mumkin bo`lgan rang tuslari 16,8 milliongacha etdi (True Color rejimi).
Videoadapterlarni ishlab chiquvchilarning umumiy intilishi – monitor ekranida asliga maksimal yaqinlashgan mumkin qadar sifatliroq tasvirni olishdir. Bunda quyidagi: aks ettirilayotgan ranglar sonini ko`paytirish; aniq va har xil tasvirlash qobiliyatini orttirish; tasvirni ekranga chiqarish tezligini tezlashtirish vazifalari doim bo`ladi. [5]
Zamonaviy videoadapterlar bundan ham yuqori razryadga egalar, masalan bir nuqtaga 32 bit, lekin bunda ko`rinadigan ranglar soni ortmaydi. Qo`shimcha razryadlarda saqlanadigan informatsiya maxsus dasturlar tomonidan grafikani aks ettirish operatsiyalarini tezlashtirish uchun yoki poligrafiya mahsulotini tayyorlashda kompyuterdan foydalanilganda rangni uzatishni yaxshilash uchun foydalaniladi.
Zamonaviy videokarta – o`z xotirasida ekran obrazini saqlaydigan va monitor uchun signalni shakllantiradigan oddiy qurilma emas. Hozirgi paytda bu o`zining mikroprotsessorlariga ega bo`lgan miniatyuradagi kompyuter bo`lib, o`zi hisoblarni
bajarish va ekranda nima va qanday qurilayotganini boshqarish qobiliyatiga ega. Videokartalarning hisoblarni va tasvirlarni qurish qobiliyatini apparatli videotezlanish deb ataladi (agar videokartada bunday qobiliyat bo`lmasa, yuk asosiy protsessorga tushadi va bu holda dasturaviy videotezlanish haqida gapirishadi). Zamonaviy kompyuter o`yinlari uchun videoadapterda tezlanish funktsiyalarining bo`lishi zarur.
Grafik informatsiyani kiritish qurilmalari. Grafikaviy informatsiyani raqamli shaklga o`zgartirish jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
O`qish;
Kodlash.