Kompyuter geometriyasi va grafikasi”



Yüklə 8,81 Mb.
səhifə6/114
tarix19.12.2023
ölçüsü8,81 Mb.
#185454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Majmua pechatga tayyor

Tasvir imkoniyati – bu tasvirning xususiyati bo`lib, bird yum uzunlikdagi kesmada nechta nuqta tasvirlanganligi (dpi) bilan o`lchanadi. Bu birlik grafik muharrir yoki skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi.
Tasvirning haqiqiy o`lchami piksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari (millimeter, santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi.
Agar tasvirni ekranda ko`rish kerak bo`lsa, uning o`lchamini piksellarda ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir ekranning qanday qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi. Agar tasvirni qog`ozga chop etish kerak bo`lsa, uning o`lchamini uzunlik o`lchov birliklarida ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir qog`ozning qanday qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi.
Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo`lgan ranglar miqdoridir. Ya’ni, har xil tasvirlar turli rang ko`lamiga ega bo`lishi mumkin: oqqora shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o`tib boruvchi tuslari) indekslangan rangli, to`liq rangli.
Oq-qora shtrixli tasvir. Tasvirning har bir pikseliga bir bit axborot ajratiladi. Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni kodlash mumkin:oq va qora rang. Tasvirning bunday turi Bitmap deb ataladi. Bunday tasvirnng rang ko`lami bir bit bo`ladi.
Nimrang tasvir. Nimrang (grayscale) tasvir pikseli 8 bit bilan kodlanadi, ya’ni uning rang ko`lami 8 bit. Tasvirning har bir pikseli 256 xil qiymat qabul qilishi mumkin. Bu qiymatlar kulrang shkala deyiladi. Bu shkala kulrangning 256 gradatsiyasiga ega bo`lib, ularning har biri 0 (qora) dan 255 (oq) gacha oraliqdagi yorug`lik qiymati bilan ifodalanadi. Bu oq-qora fotosuratni aniq tasvirlash uchun etarlidir.
Hozirgi kunda tasvirni 16 bitli kodlash imkoniga ega dasturlar mavjud bo`lib, ular yordamida kulrangning 256 xil emas, balki 65536 xil tusi ishtirok etgan tasvirlar hosil qilish mumkin. Ammo bunday tasvirlarni saqlashda fayl hajmi 8 bitliga nisbatan 2 marta katta bo`ladi.
Grafik xabarlarni saqlash grafik tizimida qanday displeydan foydalanayotgani bilan aniqlanadi. Agar vektorli displeydan foydalanilgan bo`lsa, u holda tasvirni har bir nuqtasiga ikkita son to`g`ri keladi, ya’ni Z va U koordinatalari. Shunday qilib, vektorli displeyda ko`rsatish uchun mo`ljallangan tasvirni kiritish bu kompyuter xotirasiga qandaydir sonlar ketmaketligini yozish demakdir, ya’ni Z va U ni qiymati. Grafik xabarlarni saqlash tizimini o`ziga xos xususiyati, bu mashina xotirasi hajmini kattaligidir. Hozirgi vaqtda habarni saqlovchi magnit diskasi va magnit tasmasi keng qo`llanilmoqda. Magnit diskasi va tasmasiga xabarlarni yozish va o`qish magnitli kallak yordamida magnitafonga o`xshash yoziladi. Hozirgi qurilmalarida yozishni ko`ndalang zichligi 1 mm va 8 - ta yo`lga, uzunligi – 160 bit/mm ga etadi. Shaxsiy kompyuterlar uchun asosiy tashqi xotira to`plovchi qurilma egiluvchi magnit diskasidir. Bu arzon tez ishlaydigan va kichik gabaritli qurilma xabarlarni to`plovchi diametri 19,8 sm li egiluvchi plastmassa plastinka bo`lib, o`nga magnit qatlami qoplangan va himoyalovchi plastinka konvert ichiga joylashtirilgan. Habarlarning magnit diskasining bir tomonga yoki ikki tomonga yozish mumkin. Bitta diskada 125 kbaytdan 500 kilobaytgacha xabarlar saqlash mumkin. Lekin, bu chegara emas. Intensiv ravishda optikaga asoslangan xabarlarni to`plovchi disketalar rivojlanmoqda. Ularda grafik ma’lumotlar yozish va o`qish lazer nuri yordamida
amalga oshiriladi. Optik xotirada saqlab qoluvchi qurilma odatdagi magnit diskali xabarlarni to`plovchi disketalardan 100 marta ortiqdir. Diametri 50 - 405 mm bo`lgan optik disklarni habarlar sig`imi 4 Gbaytga yetadi.
Hozirgi vaqtda, optik habarlarni tasmali tizimini 600 Gbayt xajmligi mavjud. Bunday hajmli ma’lumotlar yozuv stolining tumbasidan kattaroq qurilmaga joylashadi va 250 mln standart mashina yozuvi betiga ekvivalentdir. Uzunligi 250 m kengligi 4 mm va qalinligi 12 mm, bo`lgan tasma uncha katta bo`lmagan kasetaga joylashadi. Hozirgi vaqtda ensiklopediyalar, lug`atlar va kitoblarni optik diskalarga ko`chirish uchun texnik imkoniyatlar mavjud.
Hozirgi paytda rastr va vektorli tasvirlar uchun ko`plab fayllar formatlari ma`lum. Quyida rastr tasvirlar uchun fayllarni saqlash formatlarini ko`rib chiqamiz. BMP faylning sarlavhasi BITMAPFILEHEADER deb ataladi. Undan faylning umumiy tasnifi (holatining bayoni) joylashtiriladi Sarlavha quyidagi maydonlarga ega:
WORD bf Type – “BM” simvollarini saqlaydi. Bu format kodidir.
DWORD bf Size – faylning baytlardagi umumiy o`lchami.
WORD bfReserved1 – rezervlangan, hozircha 0 ga teng.
WORD bfReserved2 – rezervlangan, hozircha 0 ga teng.
DWORD bfOffBits – ushbu fayldagi bitlar massivining adresi.
Shundan keyin faylda yana bir sarlavha – BITMAPINFOHEADER keladi.
Unda rastrning o`lchamlarini va piksellarning rang formatlarini tasnifi
saqlanadi. [16] Ushbu sarlavha quyidagi maydonlarga ega:
DWORD biSize – sarlavha o`lchami, 40 ga teng.
LONG biWidth- piksellardagi rastr kengligi.
LONG bi Height – piksellardagi rastr balandligi.
WORD biPlanes – 1 ga teng bo`lishi kerak.
WORD biBitCount – bir pikselga to`g`ri keluvchi bit, 1,4,8,16,24 yoki 32
bo`lishi mumkin.
DWORD biCompression – nolga teng.
DWORD biSizeImege – rastr bit massivining baytlardagi o`lchami.
LONG biXPelsPerMeter – x bo`yicha 1 litrdagi piksellar sonida ifodalanuvchi ruxsati.
LONG biYPelsPerMeter –U bo`yicha
DWORD biClrUsed – agar 0 ga teng bo`lsa, ranglarning maksimal miqdori
foydalaniladi.
DWORD biClrImportant – agar biClrUsed=0 bo`lsa, 0 ga teng shundan
keyin faylda RGBQUAD ko`rinishida yozuv ko`rinishidagi palitra joylashadi. Har bir yozuv o`zida to`rt qatorni saqlaydi.
BYTE rgbBlue – B rang tashkil etuvchisi, 0 dan 255 gacha.
BYTE rgbGreen -G tashkil etuvchisi.
BYTE rgbRed – R tashkil etuvchisi
BYTE rgbResevredfoydalanilmaydi, 0 ga teng.

Yüklə 8,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin