Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə18/23
tarix06.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#93899
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
adham kom grafl

Yordamchi menyu
Foydalanuvchi panelida joylashgan turli xildagi uskunalardan foydalanishi mumkin. Panelidagi uskunalarni birma-bir sichqoncha orqali tanlab, uning Property Bar (Xususiyat paneli)ga e`tibor bering, ularning ko‘rinishi har bir uskunaga mos ravishda o‘zgaradi. Shu bilan birga holat satridagi ma`lumotlar ko‘rinishi ham o‘zgaradi. Muharrir sozlangandan so‘ng tasvir bilan ishlashingiz va turli xildagi vektor ob`ektlar yaratishingiz mumkin.
Yangi hujjatni yaratish uchun menuning Fayl
(File) va Yangi hujjat buyrug‘i (New) yoki instrumentlar panelidagi maxsus tugma bosiladi. Hujjatni ochish uchun, menuning Fayl (File) va Ochish (Open) buyruglari yoki instrumentlar panelidagi maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi.
CorelDRAW dasturida bir vaqtning uzida bir nechta hujjatlar bilan ishlash imkoniyatlari bor, shu bilan birga kerak bo‘lmagan hujjatlarni yopib qo‘ysa ham bo‘ladi. Bu esa menuning Fayl Yopish(Close) buyrug‘i erdamida amalga oshiriladi.

CorelDraw grafik muxarriri interfeysi.
CorelDraw vektorli grafikaning Windows amaliyot tizimida ishlaydigan taxrirlovchi dasturlaridan biridir. Uning yordamida turli grafik ko‘rinishlarni loyixalash, foto, matn, tasvirlar ustida, ayniqsa badiiy ko‘rinishdagi kompozitsiyalarni taxrirlash bilan bogliq amallarni bajarish mumkin. CorelDraw muxaririni ishga tushirish uchun CorelDraw ning belgisiga borib sichqonchani yoki Enter tugmasini bosish kerak.
CorelDraw boshqa grafik muxarrirlarga nisbatan matnlar bilan yaxshi ishlaydi, ya’ni nashriyot tizimlarida, masalan, yumoristik yoki boshqacha kitoblarni har xil turli o‘lchamdagi harflar bilan yozish mumkin. Siz o‘zingizning pasportdagi rasmingizni skanerdan o‘tkazib va CorelDraw yordamida shu rasmingizni chiroyli portretga aylantirishingiz mumkin. O‘z-o‘zidan ma’lumki bunday professional murakkab grafik muxarrirlarda, ya’ni CorelDraw ning boy uskunalari va ranglaridan foydalanib biz o‘zimiz rasm chizishimiz mumkin. CorelDraw muxaririda fayllarning kengaytmasi file.cdr ko‘rinishda bo‘ladi. Fayllarni import va eksport qilish eng yaxshi qulayliklaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yuklangandan so‘ng dastur ekranga «Xush kelibsiz COREL DRAW» muloqot oynasini chiqaradi va bir nechta variantlarni taqdim qiladi: yangi xujjat yaratish (GRAPHIC), oxirgi yaratilgan xujjatni ochish (Orep last edited), mavjud xujjatni ochish (Orep GRAPHIC), o‘qitish tizimi (COREL TUROR).
Yangi xujjatni yaratish uchun fayl (FILE) tafsiyanomasida yangi (NEW) komandasini bajariladi. Mavjud xujjatni ochish uchun fayl tafsiyanomasida ochish (Oren) komandasi bajariladi.
COREL DRAW dasturi bir necha xujjatlarni bir vaqtda ochish imkoniyatiga ega, u xolda shu paytda kerak bo‘lmagan xujjatlarni yopish ko‘zda tutilgan. Tafsiyanoma Fayl (FILE) bo‘limida yoping (Zakrыt, Slose) komandasi bajarilganda aktiv xujjat yopiladi.
Dastur yuklangandan so‘ng ekranda paydo dastur oynasiga foydalanuvchining interfeysi deyiladi. Interfeys inson va kompyuter orasida boglovchi bo‘lib ishlash uchun panel, uskunalar, muloqot oynasi va x.k larni taklif etadi. Foydalanuvchi interfeysiga saxifa, bosh tafsiyanoma, xujjatlarni aks ettiruvchi ishchi oynalari hamda tasvirlarni muxarrirlashni amalga oshiruvchi har xil panellar to‘plami kiradi. Oynaning markazidagi katta oq maydon ishchi xudud bo‘lib,u xar bir xujjat uchun aloxida - aloxida ochiladi. Ekranning yuqori qismida joylashgan bosh tafsiyanoma bo‘limlari quyidagicha nomlanadi:

  • Fayl (File)

  • Taxrirlash (Redaktirovaniye, Edit)

  • Ko‘rinish (Prosmotr, View)

  • Kompanovka (Layout)

  • Boshqaruv (Upravleniya, Arrange)

  • Effektlar (Effects)

  • Nuqtaviy tasvir (Toch.izob, Vitmaps)

  • Matn (Text)

  • Servis (Tools)

  • Oyna (Okno,Windows)

  • Yordam (Pomox, Ne1r) Bu komandalarning xar biri funksional jixatdan yaqin bo‘lgan amallarni bajaradi, masalan: matn tafsiyanomasi matn bilan ishlaydigan komandalardan iborat, effekt tafsiyanomasi nuqtaviy va vektorli grafikani yaratadigan komandalar to‘plamidan iborat.

Xossalar qatori (Property Var).
Xossalar qatoridagi ( Property Var) maydonlar va tugmalar to‘plami ishlatilayotgan asbob yoki belgilangan ob’ekt turiga boglik xolda

ko‘rinishga ega bo‘ladi, masalan, matn blokka olinganda xossalar qatorida
matn parametrlari aks etadi.
SOREL DRAW ob’ektlar belgilanmagan xolatda xossalar qatorida (Property Var) xujjatning umumiy parametrlari beriladi, masalan: varaqning formati, joylashuvi va boshqalar.
Xolat qatori (Status Var).
Ishchi ekranning pastki qismida xolat qatori (Status Var) joylashgan bo‘lib turli xil xizmat ma’lumotlarini aks ettiradi: parametrlar, obvodka va ranglar, harf parametrlari ajratilgan ob’ektlar xakida ma’lumot va faol uskunalar haqida ma’lumot. Bu qatorning, ko‘rinishi holati va tarkibini o‘zgartirish mumkin.
Dastur ishga tushirilgandan keyin ekranda dastur oynasi nomayen bo‘ladi, bu oyna foydalanuvchi interfeysi (user interface) yoki ishchi joyi (workspace) deb ataladi.
Interfeys foydalanuvchi va komputer orasidagi mulaqotni o‘rnatadi, ishlash uchun kerak bo‘lgan barcha sharoitni yaratadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, interfeys foydalanuvshi tomonidan uzgartilgan bo‘lib o‘z ko‘rinishidan o‘zgacha bo‘lishi ham mumkin.

Foydalanuvchi interfeysi quyidagilardan tashkil topadi: sarlavha, bosh menu, hujjarlarni ko‘rish ushun ishchi oynalar, tasvirlarni redaktorlash ushun bir nechta panellar yigindisidan.
Oynaning markazidagi katta bo‘sh joy ish joyi deb nomlanib har bir hujjat uchun yangi ochiladi.
Bosh menu Ekranning yuqorigi qismida bosh menu buyruqlari (menu bar) joylashgan bo‘lib u quyidagilardan tashkil topadi:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin