Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə20/23
tarix06.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#93899
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
adham kom grafl

Vositalar satrlari
Menyu satri tagida asboblar satri (Toolbars) joylashgan. Asboblar satrini ekranning xohlagan joyida va har xil ko‘rinishda joylashtirish mumkin.
Ekranga kerakli oynalarni joriy qilish uchun menuning Oyna (Window) yordamida amalga oshiriladi va ular ustida quyidagi amallar bajariladi: Asboblar (Toolbars) satriga sichqonchani o‘ng tononi bilan chertib muloqat oynasini paydo etamiz va Parametrlar (Options), Rostlash dan kerakli bo‘lgan asboblar tanlanadi.
Svoystva (Property Bar) vositalar satri

Svoystva (Property Bar) asboblar satridagi maydonlar va tugmalar yig‘indisi foydalanilayatgan asboblar yoki tanlangan obyektga bogliq bo‘ladi, masalan, asboblar satridagi matn bloki tanlanganda matnning parametrlari ko‘rsatiladi.
Svoystva (Property Bar) satridagi asboblardan birontasi tanlanmagan holda hujjatning umumiy parametrlari ko‘rsatiladi, masalan, sahifa formati, uning orientatsiyasi va h. ko‘rsatadi.

Asboblar paneli (Toolbox)
Asboblar paneli ishchi oynaning chap tomoniga joylashtirilgan bo‘ladi. Asoblar panelida grafik obyekt ustida quydagi amallar bajariladi – obyektlarni yaratish, obyektlarni ajratish, muharrirlash va ko‘chrish asboblari joylashtirilgan. Asboblar bilan ishlash paytida kursor tanlangan obyektga qarab formasini o‘zgartiradi. Shu bilan birga, asboblar panelidagi bazi bir asboblar guruhini «Suzuvchi» panel ko‘rinishida yoki Flyout ko‘rinishida sozlash mumkin.

Rang palitrasi
Elektron rang palitrasi kompyuter grafikasida qo‘llanilishi bo‘yicha rassom palitrasiga o‘xshash, ya’ni u o‘zida ko‘p ranglarni saqlaydi. Elektron palitra tarkibi bir rangni o‘zida saqlaydigan yacheykalardan iborat. Palitra aniq bir rang modulmi qo‘llaydi. Uning ranglari esa bu modul asosida yaratilgan ranglardan iborat bo‘ladi.
Internet tarmog‘i uchun yaratilayotgan tasvirlarda xavfsiz palitralardan foydalaniladi. Chunki yaratilayotgan grafik ma’lumot minimal hajmda va tarmoqdagi qurilmalarda tasvir o‘z aslini yo‘qotmasligi zarur. Shuning uchun xavfsiz palitra 216 rangni o‘zida saqlaydi.
Rangni inson, miyasida yorug‘lik oqimini tahlil qilish natijasida anglaydi.
Yorug‘lik oqimi 3 spektral ranglar (Q, Y, K — qizil , yashil, ko‘k) kombinatsiyalarining tarqalishidan hosil bo‘ladi.
Kompyuter grafikasida rang ma’lumot tushunarliligini oshirish uchun vositadir. Rangni boshqarish sistemalari. Kompyuter grafikasining elementlarini yaratish va qayta ishlashda grafik ma’lumotlarning har xil qurilmalarda asl holatda bo‘lishligi talab etiladi. Kompyuter grafikasining qayta ishlash pog‘onalarida ranglarning mos tushishini rangni boshqarish sistemalari nazorat qiladi. Bunday tizimlardan biri CMS (Color Management System)dir.
Profil. Har bir qurilma o‘zining ichki imkoniyatlariga qarab o‘z usulida rang chiqaradi. Turli xil qurilmalarda ranglarning mosligini ta’minlash uchun ular o‘zining profiliga ega bo‘lishi kerak.
Kalibrovka. Har xil platforma, qurilma va dasturlarda rangni bir xilda boshqarish sistemasi mavjud emas. Lekin bu turdagi sistemalarga CMS yaqin hisoblanadi. Ilk bor Solerunc nomi ostida CMS ni Apple firmasi operatsion sistemaga kiritdi. U Macentosh kompyuterlari sferasida nashrga tayyorlash, nashr qilish va poligrafiyada muvaffaqiyatli xizmat qildi. Windows 95/98 operatsion sistemalarida Kodak firmasining Color Matchung Module nomi ostida CMS tizimlari ishlatiladi. Kompyuter grafikasida rangli ruxsat etish tushunchasi qabul qilingan (rang chuqurligi). Monitor ekranida uni hosil qilish uchun rangli informatsiyani kodlashtirish usulidan foydalaniladi. Oq-qora tasvirni aks ettirish uchun ikki bit razryad yetarli. Sakkiz razryadli kodlashtirish 256 turdagi ranglar jilosini aks ettirishga imkoniyat beradi. Ikki bayt (16 bit) 65536 turdagi ranglar jilosini ifodalaydi (bunday rejim — High Color). Yigirma to‘rt razryadli kodlashtirish usulida 16 777 216 ta rangni ifodalash mumkin.
Amaliy nuqtayi nazardan monitorning rangli ruxsat etish tushunchasi rangli qamrab olishni anglatadi. Bu o‘z navbatida chiqarish qurilma (monitor, printer va hokazo)larida ranglar diapazonini hosil qilishni belgilaydi. Rangli modul deb additiv va subtraktiv metodlar yordamida ishlangan ranglar jilosi tarkibiy komponentlarining bo‘linish usullariga aytiladi. Kompyuter grafikasida asosan RGB, HSB va CMYK rang modullari qo‘llaniladi. Rangli modullar uch o‘lchovli koordinatalar sistemasida joylashadi va ranglar fazosini tashkil qilib, Grossman qonunlariga binoan rangni uch o‘lchovli fazodagi nuqta sifatida ifodalashi mumkin. Grossmanning birinchi qonuni. Chiziqli bog‘liq bo‘lmagan har qanday rangni uchta tashkil etuvchi orqali bir qiymatli ifodalash mumkin. Chiziqli bog‘liq bo‘lmaslik — bu ixtiyoriy uch rangdan ikkitasini qo‘shish orqali uchinchisini hosil qilish imkoniyati mavjud emas. Grossmanning ikkinchi qonuni. Agar ranglar uzluksiz o‘zgarsa, ranglar aralashmasining nurlanishi ham uzluksiz o‘zgaradi. Hech qanday rang yo‘qki, unga yaqin bo‘lgan rangni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lmasa. Grossmanning uchinchi qonuni. Ranglar aralashmasining nurlanishi ularning rangiga bog‘liq, biroq uning spektr tarkibiga bog‘liq emas.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin