CIE Lab rang moduli. 1920-yilda CIE Lab {Communication Internationale de I’Eclairage — xalqaro komissiya, L,a,b — bu sistemada koordinata o‘qlarining ifodalanishi) rang fazoviy moduli ishlab chiqildi. Sistema apparatga bog‘liq bo‘lmaganligi uchun ko‘p hollarda qurilmalar orasida ma’lumotni o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. CIE Lab modulida ixtiyoriy rang quyidagicha aniqlanadi; yorug‘lik (L) va uning xromatik komponentlari: a — parametri yashil rangdan qizil ranggacha o‘zgarish diapazonini, b — parametri ko‘k rangdan sariq ranggacha o‘zgarish diapazonini tashkil qiladi. CIE Lab modulida ranglarni qamrab olish imkoniyati texnik qurilmalar (monitor, printer) imkoniyatlaridan yuqori bo‘lganligi sababli tasvirni chiqarishdan oldin uni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu modul rangli fotokimyoviy va poligrafik jarayonlarni bir-biriga bog‘lash uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu modul Adobe Photoshop dasturida standart sifatida qabul qilindan.
RGB rang moduli.RGB (Red, Green, Blue — qizil, yashil, ko‘k) rang moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtayi na-zaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u birbiriga bog‘liq bo‘lmagan uchta qiymatdan foydalanadi. Buni uch o‘lchamli koordinata sistemasi ko‘rinishida ifodalash mumkin. Har bir koordinatalar o‘qida 0 dan 255 gacha diapazondagi bitta rang joylashtiriladi. Natijada rangli kub hosil bo‘ladi va uning ichida RGB modulning barcha ranglari joylashadi. Bu kubning hajmini hisoblash natijasida RGB modulning ranglar soni
16 777 216 ta bo‘lishi mumkinligini aniqlaymiz, ularni 24 razryadli ranglar platasi yordamida monitorda aks ettirish mumkin. RGB ranglar majmuasi bilan ishlangan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar tabiatda uchramaydi. RGB rang moduli additiv bo‘lib, har qanday rang uch asosiy (qizil, yashil va ko‘k) ranglarning turli miqdorlari birikmasidan hosil qilinadi. Bu esa kompyuter grafikasini hosil qilish va qayta ishlashda asos bo‘lib, elektron aks ettirish (monitor, televizor) uchun xizmat qiladi. Agar asosiy rangning bir komponentini ikkinchisiga qo‘shsak, nurlanishlar yig‘indisining yorug‘ligi ortadi. RGB ranglar majmuasida oq rang uchala ranglarning maksimal aralashmasidan hosil qilinadi, qora rang esa buning aksi o‘laroq minimal aralashmasidan hosil qilinadi.
Asosiy ranglaming joylashuvi
Ushbu rang moduli apparat-qurilmalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, rangli monitorlarda, televizorlarda keng ishlatiladi. Bunda asosiy ranglar qizil, yashil, ko‘k ranglar bo‘lib, qolganlari shularning qo‘shilishidan hosil qilinadi.