Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə7/23
tarix06.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#93899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
adham kom grafl

CMYK rang moduli. CMYK rang moduli subtraktiv modulga tegishli bo‘lib, u nashrni chop etishga tayyorlashda qo‘llaniladi. CMYK rang komponentlari sifatida, asosan oq rangdan ayirish natijasida hosil bo‘lgan quyidagi ranglar xizmat qiladi:
— havorang (cyan) = oq — qizil = yashil + ko‘k; — to‘q qizil {magenta) = oq — yashil = qizil + ko‘k; — sariq (yellow) = oq — ko‘k = qizil + yashil.
Bu metod original tasvirni chop etishda ranglarning tabiiy qabul qilinishiga mos keladi. Havorang, to‘q qizil va sariq ranglar qo‘shimcha hisoblanadi, chunki ular asosiy ranglarni to‘ldiradi. Amalda qo‘shimcha ranglarni bir-biriga qo‘shgan bilan qora rangni bermaydi. Shuning uchun rangli modulga yana bir komponent — qora rang kiritilgan.
Natijada rangli modul abbreviaturasida to‘rtinchi harf paydo bo‘ldi: CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black). Kompyuter tasvirini poligrafik uskunada chop etish uchun ranglarni CMYK moduli komponentlariga mos keluvchi tarkiblarga ajratish kerak. Bu jarayon ranglarni ajratish deyiladi. Oqibatda har bir komponentning original to‘rtta tasviri hosil qilinadi.

1.3. GRAFIK AXBOROTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI
Kompyuter grafikasidan foydalanishning asosiy qoidalari va qo‘llash sohalari.
Kompyuter grafikasi qo‘llaniladigan asosiy sohalarni ko‘rsatib o‘tamiz:

  • Grafiklarni chizish;

  • Kartografiya-geografik, tabiiy yoki iqtisodiy hodisalarni o‘zaro

chegaradosh mamlakatlar, viloyatlar, o‘lkalarnining aniq xaritasini tasvirlash;

  • Chizmachilik va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish;

  • Modellashtirish va multiplikatsiya;

  • Turli texnologik jarayonlarni boshqarish – hayotiy masalalarni interaktiv rejimda namoyish etish. Texnologik jarayonni eng kerakli nuqtalariga o‘rnatilgan dastlabki axborot manbai bo‘lgan o‘lchagichlardan kelayotgan axborotlar qiymatini vizual idrok qilish;

  • Kantcelyariya ishlarini avtomatlashtirish va chop etishni elektron usuli;

  • Reklama va san`at - qandaydir fikrni ifodalash va estetik yoqimli tasvirlar orqali jamoani diqqatini tortish.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin