Kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har XIL ko’rinishlari



Yüklə 146,36 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü146,36 Kb.
#177644
  1   2   3   4   5   6   7
rasrer


1-mavzu: Grafik axborotlarni tasvirlash asoslari.
Kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har xil ko’rinishlari.
Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastli grafika, vektorli grafika va o‘raktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqarilishi bilan o‘arqlanadi.
Rastli grafika. Rastli grafikada tasvir nuqtalar (kog’ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko’rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo’lib, unda gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi.
Odatda, bunday ko’rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o’lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog’liqdir. Bu parametr dpi(dots per inch-nuqtalar soni zichligi) bilan o’lchanadi. Ekran dioganali 15 dyuymli (1dyuym=2,54 sm) monitorda tasvir o’lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitor ekranining tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo’ladi. Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko’p joy olinishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo’ladi.
Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini hisobga olsak, bitta o’rtacha kattalikdagi rasmning o’zi xotirada taxminan 4 mln. bayt joyni egallaydi. Bunday ma'lumot, xususan, Internet sahio‘alarini yaratishda e'tiborga olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda yaxshi multimedia dasturlarini, videorolikni yaratish uchun operativ xotirasi 128 Mbaytdan kam bo’lmagan va mos ravishda, tezligi katta bo’lgan kompyuterlardan o‘oydalanish maqsadga muvoo‘iq.
Demak, rastli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli kompyuter talab qilinadi.
Rastli grafikaning kamchiligi sio‘atida shuni aytish mumkinki, tasvirni mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar o’lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto, tasvir tanib bo’lmaydigan darajada o’zgarishi mumkin.
Rastli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo’llaniladi. Nashrlarda turli illyustratciyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli o‘oto yoki videokamera (hozirda bunday o‘otoapparat va videokameralar keng tarqalgan) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyor-langan tasvirlardan o‘oydalaniladi. Shuning uchun ham rastli grafikada tahrir qiluvchi dastur vositalaridan keng o‘oydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlarning aniqroq ko’rinishda bo’lishini ta'minlaydi.
Vektorli grafika. Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sio‘atida chiziq qaraladi.Chiziq sio‘atida to’g’ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan o‘oydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko’rinishga bo’ladi. Vektorli grafikaning ao‘zallik tomoni tasvirning xotirada kamroq joy olishidir, chunki bu holda xotirada joy chiziq o’lchoviga bog’liq bo’lmagan ravishda bo’ladi. Buning sababi xotirada chiziqning o’zi emas balki uni io‘odalovchi o‘ormula yoki parametrlar saqlanishidadir. Vektor grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko’pincha vektorli grafikani ob'ektga mo’ljallangan grafika deyish mumkin. Chunki bunda, masalan, uchburchak hosil qilish uchun 3 ta chiziq (kesma)dan o‘oydalanilsa, piramida hosil qilish uchun uni uchburchakdan o‘oydalanibgina hosil qilish mumkin. Vektorli grafikani hisoblanadigan grafika deb ham atash mumkin, chunki tasvirni (ob'ektni) ekranga chiqarishdan avval uning koordinatalari hisoblanadi va mos nuqtalar hosil qilinadi.
Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik o‘iguralarning xosslarini o’rganish tashkil etadi. Ma'lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x,y) koordinatasi bilan, to’g’ri chiziq uning kanonik ko’rinishiy=kx+b (bunda k va b ixtiyoriy sonlar) da, kesma esa mos ravishda boshlang’ich va oxirgi nuqtasini berish bilan tasvirlanadi. Egri chiziqlar ham mos ravishda o’z tenglamalariga ega.
Vektorli grafika asosan illyustratciyalar yaratish uchun yo’naltirilgandir. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyixalash byurolarida, nashriyotlarida va boshqa joylarda keng qo’llaniladi.

Yüklə 146,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin