Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix31.12.2021
ölçüsü0,53 Mb.
#49813
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ISOQOV RO'ZIMUROD(110-20)AX.Mustaqil ish 1

 

2.  Computer  Emergency  Response  Team  Coordination  Center  (CERT/CC)  – 

Kompyuterlardagi  favqulodda  holatlarga  tezkor  javob  berish  guruhlari  faoliyatini 

muvofiqlashtirish markazi: Kompyuter va tarmoq hujumlarni o‘rganish, tizimlarni himoya 

qilish  usullarini  topish  va  hujumlar  haqida  asosiy  ma’lumotlarni  tarqatish  maqsadida 

AQSH  Mudofaa  boshqarmasining  Ilg‘or  ilmiy-tadqiqot  mudofaa  loyihalari  agentligi 

tomonidan asos solingan va hozirda Karnegi-Mellon Universitetining Dasturiy injiniring 

institutida joylashgan. Markaz veb-saytiga www.cert.org orqali tashrif buyurishingiz. 

3.  Forum  of  Incident  Response  and  Security  Teams  (FIRST)  –  Insidentlarga 

javob  qaytarish  va  xavfsizlik  guruhlari  forumi:  o‘quv  muassasalari,  boshqarmalari  va 

tijoratning 100 dan ortiq tashkilotlari a’zo bo‘lgan xavfsizlik bo‘yicha xalqaro tashkilot. 

FIRST mahalliy himoyada va xalqaro xavfsizlikda yuz beradigan insidentlarni oldini olish 

va ularga tezkor javob qaytarishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Uning veb-

sayti – 


www.first.org



4.  InfraGard:  Xususiy  sanoat  konsorsiumi  va  AQSH  kritik  axborot  tizimlari 

infrastrukturasini  himoya  qilish  maqsadida  axborot  almashinuvni  amalga  oshiruvchi 

Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan yo‘naltiriladigan AQSH federal boshqarmasi. 

InfraGard haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun manba: 

www.infragard.net



5. Information Security Forum (ISF) – Axborot xavfsizligi forumi: Coopers va 

Lybrand tomonidan Evropa xavfsizlik forumi sifatida ishga tushirilgan bu tashkilot xalqaro 

faoliyati  hisobiga  kengaygan  va  1992-yilda  ISF  bo‘lgan.  ISF  o‘z  faoliyatini  «amaliy 

izlanishlar»ni nashr etish va regional sammitlarda joylash orqali o‘tkazishga yo‘naltiradi. 

Siz  bu  tashkilot  haqida  ko‘proq  ma’lumotni  www.securityforum.org  saytidan  bilib 

olishingiz mumkin. 



6.  Information  Systems  Security  Association  (ISSA)  –  Axborot  tizimlari 

xavfsizligi uyushmasi: Bu ham kompyuter xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish va ilmiy izlanishlar 

olib  boradigan  xalqaro  tashkilot.  ISSA  Certified  Information  Systems  Security 

Professional  (CISSP),  Systems  Security  Certified  Practitioner  (SSCP),  and  Certified 

Information  Systems  Auditor  (CISA)  kabi  ko‘plab  sertifikatsiya  dasturlariga  homiylik 

qilishga yordam beradi. ISSA tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ushbu saytga 

murojaat eting: 

www.issa.org





Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin