Axborotni muhofaza qilishning asosiy ob’ektlariga quyidagilar
kiradi:
– davlat sirlari bilan bog‘liq va konfedensial ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi
axborot resurslari;
– vositalar va axborot tizimlari (hisoblash texnikasi vositalari, tarmoqlar va
tizimlar), dasturiy vositalar (operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish
tizimlari, amaliy dasturiy ta’minot), avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, aloqa va
ma’lumotlarni uzatish tizimlari, ruxsati chegaralangan axborotni qabul qilish, uzatish va
qayta ishlash texnik vositalari (ovoz yozish, ovoz kuchaytirish, ovoz eshitish, so‘zlashuv
va televizion qurilmalar, hujjatlarni tayyorlash, ko‘paytirish vositalari hamda boshqa
grafik, matn va harfli-raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari), konfedensial va
davlat sirlari toifasiga oid bevosita qayta ishlovchi tizim va vositalar. Bunday tizim va
vositalarni ko‘pincha axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash texnik vositalari
deb atashadi.