Kompyuter injineringi” fakulteti “kompyuter injineringi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə7/7
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127587
1   2   3   4   5   6   7
611-19 gh Qosimova Yulduzxon 4-dedlina

Ishning maqsadi:
1.Mijoz-server texnologiyasini o‘rganish.
2.Mijoz-server texnologiyasi arxitekturasini o‘rganish
Nazariy ma’lumot
Mijoz-serverning tayanch modeli taqsimlangan tizimlarni barcha jarayonini ikkita guruh orqali qamrab oladi. Ba’zi bir xizmatlarni taqdim etib uni amalga oshiradigan jarayon, masalan fayl tizimlari yoki ma’lumotlar ombori xizmati server {servers) deb ataladi. Serverdan xizmatlar so‘ralgan so‘rovni serverga jo‘natib so‘ng serverdan javobni kutuvchi mijoz {clients) deb ataladi. Mijoz va serverni bog‘lovchi jarayon, so‘rov-javob {request-reply behavior) ishlash rejimi nomi bilan ham mashhur (1.8-rasm).
Agar tayanch tarmoq lokal tarmoq kabi ishonchli bo‘lsa mijoz va serverning o‘zaro bog‘lanishi bog‘lanishni o‘rnatishni talab qilmaydigan sodda protokollar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu holatda xizmatlarni so‘rovchi mijoz uning xizmatlariga, ya’ni foydalanishni istayapgan xizmati o‘zining so‘rovi ko‘rsatilgan xabar shakliga ega bo‘lsa, va buning uchun dastlabki ma’lumotlar kerak bo‘ladi. So‘ng xabar serverga jo‘natiladi. So‘ngi, kiruvchi axborot kutiladi, uni qayta ishlanadi, javob xabari qayta ishlash natijasi paketlarga joylanadi va so‘rov jo‘natgan mijozga jo‘natadi.
Bog‘lanishni talab qilmaydigan protokoldan foydalanilganda samaradorlikdan yutiladi. Paket yo‘qolmagunga qadar yoki shikastlanmagunga qadar so‘rov-javob turidagi protokoldan muvafaqiyatli foydalanish mumkin. Afsuski, aloqadagi tasodifiy to‘xtalishlarga bardoshli protokolni ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu narsa mijozga jo‘natgan so‘roviga javobni ololmaganda qaytadan so‘rov jo‘natish imkoniyatini beradi. Muammo shundaki bu erda mijoz birinchi jo‘natgan so‘rovli ma’lumoti yo‘qolgan yoki so‘rovga javob uzatilishda xatolik yuz berganini aniqlay olmaydi. Agar javob yo‘qotilgan bo‘lsa, so‘rovni qayta jo‘natish operatsiyalarni qaytadan amalga oshirishga olib kelishi mumkin. Agar so‘rov “mening bank hisob raqamimdan 10 000 so‘m echib oling” ma’lumoti bo‘lsa, bu erda xatolik yuz berganiligini xabar beri qayta so‘rov jo‘natishni so‘rash maqul hisoblanadi. Boshqa jihatdan, agar operatsiya “mening hisob raqamimda qancha so‘m qolganini menga xabar qiling” bo‘lsa so‘rovni qayta jo‘natgan maqul. SHuni aytib o‘tish joizki, bu muammoning yagona echimi yo‘q.
Alternativi sifatida ko‘plab mijoz-server tizimlari ishonchliroq bo‘lgan bog‘lanishni o‘rnatishli protokolidan foydalanadilar. Bog‘lanishning bu echimi past samarodorligi bois lokal tarmoqlar uchun maqul ko‘rilmasada, ishonchsiz bo‘lgan global tizimlarda qo‘llash foydali hisoblaniladi. Amaliy jihatdan Internetning barcha amaliy protokollari TCP/IP protokoli bo‘yicha ishonchi bog‘lanishga asoslangan. Ushbu holatda mijoz xizmatni so‘rayapganda, so‘rov serverga jo‘natilyapgunga qadar u server bilan bog‘lanishni o‘rnatishi kerak. Odatda server javob xabarini jo‘natish uchun ham ushbu bog‘lanishni o‘rnatishdan foydalanadi, so‘ng bekor qilinadi. Muammo bog‘lanishni o‘rnatish va uni bekor qilish vaqt va resurslar behuda sarflanishiga sabab bo‘lishi mumkin, ayniqsa agar so‘rov va javot ma’lumoti xajmi katta bo‘lmasa. Biz keyingi bo‘limda ma’lumotlarni uzatishda bog‘lanishni o‘rnatishni boshqarish alternativ echimini ko‘rib chiqamiz.
• lokal tarmoq kompyuterida ishlaydigan mijoz ilovalardan olingan ma’lumotlar va meta ma’lumotlarni tanlash va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan so‘rovlarini bajarish;
• ma’lumotlarni saqlash va zahira nusxa ko‘chirish;
• ma’lumotlar omboridagi ma’lumotlar uzatilishining yaxlitligini saqlash;
• foydalanuvchilar huquqlari va imtiyozlarini tekshirish asosida ma’lumotlarga mualliflashtirilgan holda kirishni ta’minlash;
• operatsiyalarni protokollashtirish va tranzaksiyalar jurnalini yuritish.
DASTUR KO’RINISHI







Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin