CORBA TEXNOLOGIYASI TAMOYILLARINI O‘RGANISH.
Biz ob’ekt so‘rovlari brokerining umumlashtirilgan arxitekturasida {Common Object Request Broker Architecture, CORBA) ko‘rib chiqilgan taqsimlangan tizim ob’ektlarini o‘rganamiz. Nomidan aytib turgandek CORBA – bu shunchaki taqsimlangan tizim emas, balki ixtisoslashtirilgan taqsimlangan tizimdir. Uning tavsifini o‘z ichiga asosan sanoat sohasi kompaniyalarini olgan 800 dan ortiq a’zosi bo‘lgan notijoriy tashkilot ob’ektlarni boshqarish guruhi {Object Management Group, OMG) tomonidan ishlab chiqilgan.
CORBA ishlab chiqishdan OMG asosiy maqsadi tarmoq ilovalarini inegratsiyalash orqali birgalikda bajariladigan operatsiyalarda paydo bo‘ladigan muammolarni hal eta olish qobilyatiga ega taqsimlangan tizimni yaratish. CORBA ning dastlabki ko‘rinishi 90 yillar boshida yaratilgan. Bugungi kunda CORBA ning 2.4 versiyasi keng tarqalgan, CORBA tizimi 3 versiyasi yaratilish arafasida turibdi.
Ob’ektli model
CORBA da olisda joylashgan ob’ekt modelidan foydalanadi. Ob’ektni qo‘llashda ushbu model serverning manzil muxitidan o‘tadi. SHuni qayd etish kerakki, CORBA spetsifikatsiyasida hech qachon ob’ekt olisda joylashgan ko‘rinishda bo‘lishi kerakligi ko‘rsatilmagan. Biroq CORBA asosidagi barcha tizimlar aslida faqat ushbu modelni qo‘llab quvvatlaydi. Bundan tashqari, spetsifikatsiyada CORBA taqsimlangan ob’ektlari asosan olisda joylashgan ob’ekt ko‘rinishida qo‘llanilishi tavsiya qilinadi. Keyinroq biz Globe ob’ekt modelini muxokama qilganimizda, sizga mutlaqo boshqa ob’ekt modelidan foydalanilganda CORBA qanday qo‘rinishda bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatamiz.
CORBA interfeysni aniqlash tili {Interface Definition Language, IDL) yordamida ob’ektlar va xizmatlarni tavsiflaydi. CORBA da IDL tili boshqa interfeysni aniqlash tiliga, ya’ni ushbu tillar uchun an’anaviy bo‘lgan metodlarni tavsiflaydigan sintaksi va uning parametrlarga o‘xshaydi. CORBA uchun IDL semantika tavsifi bo‘lishi mumkin emas. Interfeys – metodlar to‘plami, ob’ekt qanday interfeysni qo‘llashini o‘zi tanlaydi.
Interfeys spetsifikatsiyasini faqat IDL tili yordamida berish mumkin. Keyinroq biz tizimlarida jadval ko‘rinishida nisbatan past pog‘ona interfeyslarini aniqlaydigan Distributed COM va Globe tizimlarini ko‘rib chiqamiz. Bularni binarli interfeyslar {binary interfaces) deb ataladi. U o‘z navbatida dasturlash tillariga bog‘liq emas. Biroq CORBA da mavjud dasturlash tillarida IDL tilida spetsifikatsiyasi ifodalangan qoidalarni to‘liq berilishi kerak. Bugungi kunda bunday qoidalar ko‘plab dasturlash tillarida (S, C++, Java, Smalltalk, Ada va COBOL) mavjud.
Jarayonning nuqtai nazari bilan qaralganda, ORB brokeri o‘ziga ba’zi bir xizmatlarni taqdim qiladi. bunday xizmatlardan biri – ob’ektga yo‘naltirilgan ishoralarni qayta ishlash. Bunday ishora ko‘rinishi odatda aniq biron bir ORB brokeriga tegishli bo‘ladi. SHu sababli istalgan ORB brokeri jarayonlar o‘rtasida yurish yo‘llarini almashishda ob’ektga yo‘naltirilgan ishora marsh va demarshal uchun operatsiyalarni, hamda ishoralarni taqqoslashni taqdim qiladi. ob’ektga yo‘naltirilgan ishoratlarni biz keyinroq muxokama qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |