S. D. Rizayeva Chirchiq 2022



Yüklə 51,62 Kb.
səhifə1/4
tarix07.04.2023
ölçüsü51,62 Kb.
#94258
  1   2   3   4
Ergashaliyev Numonjon python


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta


maxsus ta’lim VAZIRLIGI


chirchiq Davlat pedagogika INSTITUTI


Matematika va informatika Fakulteti
“matematika va informatika" yo’nalishi __2__ bosqich

Talabasi Ergashaliyev Nu’mojonning




"Python dasturlash tilida “Binar fayllar” mavzusidagi
KURS ISHI


Ilmiy rahbar: S.D.Rizayeva
Chirchiq – 2022


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil yanvar oyida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusidan uchinchi tashabbusida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora – tadbirlariga oid dasturi doirasida 2019 – 2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ko‘zda tutilmoqda. Hozirgi jadal rivojlanish va turli jarayonlarni avtomatlashtirish hamda robotlashtirish davrida dasturlashni bilish va uni o‘z ish jarayonida ishlata olish texnik va pedagogik yo‘nalishda ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalar uchun juda muhim deb hisoblanadi. Bu zamonaviy mutahassislar uchun eng zaruriy talablardan biridir. Sababi hozirgi kunda informatika turli-tuman sohalarda muvaffaqiyatli ravishda qo‘llanilishi mumkinligini hech kim ham rad eta olmaydi. Huddi shuning uchun ham, o‘quv - qo‘llanmaning asosiy maqsadi – o’quvchi talabalarga Python dasturlash tili misolida hisoblash texnikasi vositalarini ishlatish bo‘yicha bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni imkon darajasida singdirishdir. Amaliy maqsadlarda dasturlash tilining imkoniyatlarini ko‘rsatish matematika va ilmiy sohalarga oid bir qancha misol va masalalarni Python dasturiy tilidan foydalanib yechish misolida aniq va ravshan qilib ko‘rsatib o‘tiladi. Shunday qilib, o‘quv - qo‘llanma o‘quvchi talabalar uchun dasturlash tili vositasida turli xildagi amaliy masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon yaratadi. O‘quv - qo‘llanmani o‘qish va undagi materiallarni o‘rganish uchun dasturlash tajribasi bo‘lishi talab etilmaydi va undan endigina dasturchi bo‘lishni orzu qilganlar ham bemalol foydalanishlari mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ushbu o‘quv - qo‘llanmada zamonaviy Python dasturlash tili imkoniyatlari boshlang‘ich o‘rganuvchilar, ya’ni maktab o‘quvchilari, talabalar va mustaqil o‘rganuvchilar tushunishi uchun nihoyatda yengil, tushunarli, kerakli izohlar bilan va sodda xalq tilda izhor qilingan. Python dasturlash tili samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar tuzilmasini hamda oddiy, ammo samarador bo‘lgan ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Undan tashqari, bu til o‘rganish uchun oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonli dasturlash tillari jumlasiga kiradi va shu bilan birgalikda unda dasturlash jarayoni juda ham oddiy amalga oshiriladi. Python dasturlash tilining rasmiy sayti – www.python.org bo‘lib, uning muallifi Niderlandiyadagi Matematika va informatika ilmiy adqiqot institutida ishlagan Gvido van Rossum deb hisoblanadi. Pythonning o‘ziga xosligi esa uning oddiyligi, o‘rganishga osonligi, sodda sintaksisga egaligi va dasturlash jarayonini boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minotga egaligidir. Undan tashqari, o‘z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishingizga hech qanday hojat qolmaydi. Bu dasturlash tili ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi va u interpretatsiya qilinadigan tillar jumlasiga mansub. 4 Bulardan tashqari, Python dasturlash tili imkoniyatlari kengayishga moyil bo‘lgan dasturiy til hisoblanadi. Agar siz dasturingizning biror-bir joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz, o‘sha qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib, keyin shu qismni Python kodingiz orqali ishga tushirsangiz (chaqirsangiz) bo‘ladi. Bundan tashqari, Python juda ham ko‘p, foydali hamda xilma-xil dasturlar kutubxonalarga egaligi ham juda muhimdir. Python dasturlash tili sodda va o‘qilishi oddiy bo‘lgan dasturlash tili bo‘lib u inglizcha so‘zlarni qo‘llaydi va u PERL va PHP ga tillariga o‘xshab ketadi. Python interaktiv dasturlash tili bo‘lib, ob’ektga yo‘naltirilgan tillar jumlasiga kiradi, ya’ni, Python ob’ektga yo’naltirish uslubini yoki dasturiy texnikasini qo‘llabquvvatlaydi. Python boshlovchi dasturchilar tilidir, ya’ni u boshlang‘ich dasturchilar uchun ajoyib til bo‘lib, oddiy matnni ishlashdan tortib, veb-brauzerlaridagi o‘yinlarga qadar keng ko‘lamdagi ilovalarni ishlab chiqishni qo‘llab quvvatlaydi. Python ning buyruqlari va sintaksisi ABC, Modula-3, C, C++, Algol-68, SmallTalk va Unix shell kabi boshqa ko‘plab tillardan va skript tillaridan olingan. Python mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Xuddi Perl kabi, Python dagi manbaa kodi GNU General Public License (GPL) ostida mavjud


Yüklə 51,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin