Kompyuter injineringi” fakulteti “kompyuter injineringi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə5/7
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127587
1   2   3   4   5   6   7
611-19 gh Qosimova Yulduzxon 4-dedlina

YUklaydigan sektor operatsion tizimni yuklaydigan dasturni o‘z ichiga oladi. Bu dasturning ko‘rinishi operatsion tizim turiga bog‘liq, ya’ni ushbu bo‘limda yuklanadigan OT.

  • FAT jadvalining asosiy nusxasi diskga fayl va katologni joylashtirish to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga oladi.

  • FAT jadvalining zahira nushasi.

  • Ildizli katolog katalogdagi har bir yozuv 32 baytdan iborat bo‘lgan fayllar va kataloglar to‘g‘risida 512 ta yozuvni saqlashga yordam beradigan 32 sektorda (16 Kbayt) o‘lchamli fiksirlangan soha bilan shug‘ulanadi.

  • Malumotlar joylashgan joy ildizli katologdan tashqari barcha fayl va barcha kataloglarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan.

    FAT fayl tizimi ikki turdagi faylni qo‘llab quvvatlaydi : oddiy fayl va katalog. Fayl tizimi faqat ma’lumotlarni xotirada taqsimlaydi.
    FAT jadvali (asosiy va zahira nusxalari) ma’lumotlar klasteri miqdoriga teng miqdorda indeksni ko‘rsatuvchi massivdan iborat. Klaster va indeksli ko‘rsatkichlar bir xil ma’noga ega bo‘ladi – nolinchi klaster nolinchi ko‘rsatkichga mos keladi va boshqalar.
    Indeksli ko‘rsatkich klaster bilan bog‘liq xolatni tavsiflovchi quydagi belgilarni qabul qilishi mumkin:

    • Bo‘sh klaster (foydalanilmaydigan);

    • Faylda foydalanadigan klaster va faylning so‘ngi klasteri bo‘lmaydi – bu holatda indeksli ko‘rsatkich faylning keyingi klaster raqamini o‘z ichiga oladi;

    • Faylning so‘ngi klasteri;

    • Nuqsonli klaster;

    • Zahira klasteri.

    FAT jadvali bo‘limning barcha fayllari uchun umumiy bo‘ladi. boshlang‘ich holatda bo‘limlardagi barcha klasterlar bo‘sh bo‘ladi, va barcha indeksli ko‘rsatkichlar (zahira va nuqsonli bloklarga mos keluvchilardan tashqari) “klaster bo‘sh” qiymatini qabul qiladi. OT faylni joylashtirishda FAT boshlanish boshini va birinchi bo‘sh indeksli ko‘rsatkichni izlashni ko‘rib chiqadi. Uning raqami aniqlangandan so‘ng bu ko‘rsatkich katalog yozilgan birinchi klaster raqami maydonida fiksirlanadi (7.8, a rasm). Bu raqam bilan klsaterda fayl ma’lumotlari yoziladi, u faylning birinchi klasteri bo‘ladi. Agar fayl bitta klasterda joylashsa u holda ushbu klasterga mos keluvchi faylning so‘ngi klasterini identifikatsiyalovchi maxsus qiymatlarini oladi. agar faylning o‘lchami bitta klasterdan katta bo‘lsa, u holda OT FAT ko‘rib chiqishni davom etiradi va bo‘sh klasterda keyingi ko‘rsatkichni izlaydi. Uni aniqlagandan so‘ng, avvalgi ko‘rsatkich ushbu klaster raqamini oladi, ya’ni endilikda faylning navbatdagi klasteri bo‘lib qoladi. Jarayon faylning barcha ma’lumotlari joylashmagunga qadar davom etadi. Bunday ko‘rinishda faylning barcha klasterlari bilan bog‘liqlik ro‘yxati yaratiladi.
    Fayl formatlangandan (shakllantirilgandan) so‘ng dastlab ma’lumotlar qismiga klasterlar izchillik (ketma - ketlik) bilan joylashtiriladi. Biroq bitta faylda olis masofada joylashgan fayl klasterlari miqdori aniqlangandan so‘ng, boshqa fayl klasteri bilan o‘rin almashadi (7.16 - rasm).
    FAT jadvali o‘lchami va uning indekslli ko‘rsatkichlarida foydalaniladigan razryadlar ma’lumotlar qismida klasterlar miqdorini belgilaydi. Fragmentatsiyada yo‘qotishlarni kamaytirish uchun klasterlar unchalik katta bo‘lmagani maqqulroq, manzilli axborot xajmini qisqartirish va almashish tezligini oshirish uchun esa teskarisini qilish maqulroq bo‘ladi. FAT fayl tizimi ostida diskni formatlash uchun odatda murosali echim tanlaniladi va klaster o‘lchami 1 dan 128 sektorgacha yoki 512 tadan 64 Kbaytgacha oraliqdan tanlaniladi.
    SHak shubhasiz, indeksli ko‘rsatkich razryadi ma’lum bir xajmli disk uchun klasterga maksimal raqamni berish mumkin. Indeksli ko‘rsatkich razryadlariga ta’luqli bir nechta FAT mavjud va ular quydagicha ifodalanadi: FAT12, FAT16 va FAT32. FAT 12 fayl tizimida 12 – razryadli ko‘rsatkich disk ma’lumotlar qismida 4096 klasterni qo‘llab quvvatlashga yordam beradi, FAT16 da – 65536 klasterni qo‘llab quvvatlash uchun 16 razryadli va FAT32 – 4 milliarddan ortiq klasterlar uchun 32 razryadlilar ishlatiladi.
    FAT12 fayl tizimi odatda 16 Mbaytdan katta bo‘lmagan xajmli disklarga to‘g‘ri keladi, 4 kbaytdan ko‘proq klasterlarni foydalanmaslikka imkon beradi. Bu sabab tufayli FAT16 512 Mbaytdan katta bo‘lmagan hajmli disklar uchn mo‘ljallangan. Katta disklar uchun esa 8 Gbayt gacha hajmli disklar bilan ishlaydigan 4 Kbaytli klasterlardan foydalanadigan FAT32 maqqul hisoblanadi. Va faqat katta hajmli disklar uchun 8,16 va 32 kbaytlilar ishlatiladi. FAT16 bo‘limining maksimal o‘lchami 4 Gbayt bilan chegaralanadi bunday hajm har biri 64 Kbayt bo‘yicha 65536 klasterni beradi, FAT32 bo‘limi maksimal o‘lchami chegaralanmagan – 32 Kbayt bo‘yicha 2 32 klaster.
    FAT fayl tizimidan olis masofada joylashgan faylda birinchi bayt maxsus belgilar kiritilgan katalog yozuviga mos keladi. Bu yozuv bo‘sh bo‘ladi, faylning barcha indeksli ko‘rsatkichi “bo‘sh klasterga” qo‘shiladi. Katalog yozuvidagi qolgan ma’lumotlar ya’ni faylning birinchi klasteri raqami soni olis masofada joylashgan faylni yanglishib qayta tiklash uchun imkoniyat sifatida qoldirish uchun tegilmaydi. Olis masofada joylashgan FAT faylni qayta tiklash uchun ko‘plab utilitillar mavjud.
    FAT zahira nusxasi fayl bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalarda asosiy nusxa bilan sinxranizatsiyalanadi. SHu sababli zahira nusxa foydalanuvchi ish jarayonida yanglish rad etib bo‘lmaydi. Zahira nusxa xotiraning asosiy sektorlari shikastlanganda yoki o‘qiy olmagan holatda foydalaniladi.
    FAT12 va FAT16 fayl tizimlari 8.3 sxema bo‘yicha 12 ta belgidan iborat fayl nomli operatsiyalarni bajaradi. FAT16 versiyada Windows NT operatsion tizimi yangi turdagi katalog yozuvini kiritadi – “uzun nom”, ya’ni 255 ta belgigacha uzunlikdagi noman foydalanishga imkon beradi, chunki nom uzunligidagi har bir belgi ikki baytli Unicode shaklida saqlanadi.
    FAT12 va FAT16 fayl tizimlari shaxsiy kompyuterlar davrining birinchi o‘n yilligida keng tarqalga operatsion tizimlarja - MS-DOS va Windows 3.x operatsion tizimlarida qo‘llanilishi tufayli keng tarqalgan. Biroq qattiq disk xajmining doimiy ravishda o‘sib borishi, hamda bu fayl tizimlari ishonchliligiga talablarning o‘sib borishi boshqa turdagi fayl tizimlari va FAT32 tizimini yaratilishiga olib keldi.
    NTFS (NT File System) fayl tizimi FAT va HPFS (OS/2 uchun fayl tizimi) va o‘sha davrdagi boshqa mavjud fayl tizimilarini ishlab chiqishda ortirilgan tajriba hisobiga 90 yillar boshlarida Windows NT OT uchun asosiy fayl tizimi sifatida ishlab chiqildi. Bugungi kunda NTFS Windows NT OT oilasining barcha versiyalari ya’ni Windows NT 3.1 , Windows NT 4.0, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2003 va Windows Vista, hamda boshqa ko‘plab operatsion tizimlar qo‘llab quvvatlaydi.
    NTFS xususiyatlarining asosiy farqlari:

    • Katta fayllarni va 264 baytgacha hajmdagi disklarni qo‘llab quvvatlashi;

    • Diskni boshqaruv apparaturasi va dasturi uzilish bo‘lganda va rad etilgandan so‘ng qayta tiklanishi;

    • Katta o‘lchamli disklarda operatsiyalar tezligining yuqoriligi;

    • Fragmentatsiyalashning past darajasi, ya’ni katta o‘lchamli disklarda;

    • YUmshoq strukturaga egaligi, yangi yozuv turlarini qo‘shish hisobiga rivojlantirish imkoniyati va avvalgi FT versiyalari bilan muvofiq saqlaydigan fayl atributlari mavjudligi;

    • Alohida fayl va katologlarga kirishni boshqarish.

    FAT va s5/ufs bo‘limlaridan farqi NTFS yoxud faylni o‘zini yoxud fayl qismini taqdim etadi.
    NTFS asosiy strukturasi fayl bosh jadvali (Master File Table, MFT) bo‘ladi. MFT har bir fayli disk hajmiga bog‘liq (1,2 yoki4 kbayt) fiksirlangan uzunlikka ega bo‘ladi. katta o‘lchamli disklar uchun MFT yozuvi o‘lchami 2 Kbaytga teng, uni biz yozuv o‘lchami deb hisoblaymiz.
    NTFS fayllar MFT da fayllar holatini belgilovchi fayl raqamini identifikatsiyalaydi. Faylni identifikatsiyalashning bu yo‘li s5 va ufs fayl tizimlarida foydalaniladigan yo‘lga yaqinroq.
    NTFS klasterlar ketma ketligidan iborat bo‘ladi. NTFS klasterlar tartib raqami klasterning mantiqiy raqami (Logical Cluster Number, LCN) deb ataladi. NTFS fayli ham klasterlar ketma- ketligidan iborat bo‘ladi, shu sababli faylning ichki klaster tartib raqami virtual klaster raqami (Virtual Cluster Num­ber, VCN) deb ataladi.
    NTFS da klaster tartib raqamlarini saqlash uchun 264 ta klastergacha fayl o‘lchamini va tomni qo‘llab quvvatlash imkoniyatini beradigan 64 razryadli ko‘rsatkichdan foydalanadi.
    NTFS ning tuzilishini 7.21 rasmda ko‘rsatilgan. NTFS yuklovchi bloki bo‘limlar boshida joylashgan, uni nusxasi esa – bo‘lim o‘rtasida joylashgan. YUklovchi blok BIOS parametrning standart bloklarini, tomdagi bloklar miqdorini, shuningdek MFT asosiy nusxa boshlang‘ich mantiqiy klaster raqami va MFT ochiq nusxasini o‘z ichiga oladi.
    So‘ng birinchi bo‘lakda MFT joylashadi u o‘z ichiga NTFS fayl tizimi to‘g‘risida yozuvlarni shakllantirishga yordam beradigan 16 ta standart tashkil qiluvchilarni oladi. bu yozuvlarning vazifasi 7.1 – jadvalda ifodalangan.
    NTFS da fayl MFT jadvalining bitta yozuvida joylashadi, agar bu uni hajmiga yordam bersa. Fayl o‘lchchami MFT yozuv o‘lchamidan katta bo‘ladi, u holda yozuv faqat ayrim fayl atributlari joylashadi, faylning qolgan qismlari esa tomning alohida yoki bir nechta qismlariga (bo‘limlariga) joylashtiriladi. MFT yozuvida joylashgan faylning qismi rezident, qolgan qismi esa norezident deb ataladi. Bo‘limlar to‘g‘risidagi manzil axboroti rezident qismi atributida joylashadi, faylning norezident qismini o‘z ichiga oladi.

    Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin